07:12 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
51820

Oʻzbekistonlik ixtirochilar tomonidan yaratilgan ushbu qurilma uglevodorodli gazlar hamda zaxarli moddalarni oʻzida ushlab qolib, uni qayta ishlash xususiyatiga ega.

TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Langar qishlogʻidan boʻlgan Feruz Mirodilov oʻz otasi Toʻraqul Doʻstov hamda sherigi Nabi Doʻstmatov bilan hammualliflikda ajoyib ixtiroga qoʻl urdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

© Sputnik
Izobretateli iz Uzbekistana

Ixtirochilar aytishiga koʻra, "Akkumulyatorli yoqilgʻi tizimi" FAP 01201 deya nomlanayotgan ushbu ixtirodan kelajakda yengil yoki ogʻir yuk tashuvchi mashinalar  va zaharli gaz chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, mahsulot yoki xom ashyo ishlab chiqaruvchi boshqa zavodlarga oʻrnatib foydalanish mumkin.

"Akkumulyatorli yoqilgʻi tizimi"  FAP 01201" - maxsus filtr yordamida chiqindi gazlar va zaxarli moddalarni oʻzida ushlab qoladi va uni qayta ishlab, tabiatga toza kislorod (O2)ishlab chiqaradi", - deydi innovatsiya mualliflari.  

Eʼtibor berilsa, avtomobildan ishlab chiqayotgan chiqindi gazlar, jumladan,  korxonalardan chiqayotgan gazlarning asosini uglerod oksidi, yaʼni karbonat angidrid moddasini tashkil qiladi. Agar biz yaratgan ixtiro yordamida ushbu karbonat angidridni  tozalash imkoniyati boʻlsa, uni bemalol korxonalarga oʻrnatib, foydalanish imkoniyati tugʻiladi, deydi ixtirochi Feruz Mirodilov.

Ushbu "aqlli" mexanizmni real hayotga tadbiq etishga hozircha bir necha toʻsiqlar bor.

Birinchi navbatda, qurilmani chizma koʻrishida ilk real nusxasini yaratib sinovdan oʻtkazish uchun maxsus laboratoriya kerak. Biroq, bunday laboratoriya hozircha Oʻzbekistonda yoʻq. Shu bois qurilmaning nusxasini yaratishga qiziqishi boʻlgan chet ellik investorlar topilsa, undan kelajakda koʻzlangan maqsadlarda foydalanish mumkin boʻladi.

"Loyiha yuzasidan Oʻzbekistondagi Muborakdagi gazni qayta ishlash zavodiga ham murojaat qilib koʻrdim, ular taklif qilinayotgan ixtiroga qiziqib, bizni moddiy tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyor boʻlishdi. Biroq, loyihaning ilk nusxasini chet el standartlariga javob bera oladigan maxsus texnik uskunalarga ega laboratoriyalarda yaratib sinab koʻrish mumkin. Hozircha, ana shu tomonlama oqsab turibmiz", — deydi yosh ixtirochi Feruz Mirodilov.

Muallifga koʻra, hozirgi kunda ixtironing dastlabki nusxasini yaratish uchun texnik imkoniyatlari bor boʻlgan laboratoriyalar va tajribali mutaxassislar Rossiya, Turkiya, Italiya, Xitoy, AKSH, Janubiy Koreya, Germaniya kabi xorijiy davlatlarda faoliyat yuritib keladi.

 

Asosiy mavzular