O‘zbek estradasi primadonnasi prezident qo‘riqlash xizmatiga atab qo‘shiq kuyladi

© SputnikYubileyniy konsert Yulduz Usmanovoy v Moskve
Yubileyniy konsert Yulduz Usmanovoy v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Usmonova taronada barcha xizmatchilar jasoratini madh etgan va davlat xafvsizlik xizmati xodimlarini sodiq va mard o‘g‘lonlar ekanligini qayd etgan.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Davlat xavfsizlik xizmatiga atab qo‘shiq kuyladi.

Xonanda qo‘shiqqa ishlangan klipni o‘zining Instagrammdagi sahifasida joylagan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Yulduz Usmonova (@yulduzibragimovnausmonova)

Qo‘shiqda: "Xalq o‘z ishonganin ishonar sizga, suyib saylanganin inonar sizga, xalqning nodir mulki himoyangizda", "Vatanni, yurtboshini qo‘riqlaydi chindan mard yigitlar, mard o‘g‘lonlaring", "Siz davlat yuragin qalqonlarisiz", deya kuylanadi.

Usmonova taronada barcha xizmatchilar jasoratini madh etgan va davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini sodiq va mard o‘g‘lonlar ekanligini qayd etgan.

Yangiliklar lentasi
0