07:49 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Madaniyat
Havola olish
25710

“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmida oʻtgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealar hamda "koʻp xotinlik" oqibatida xonadonning parokanda boʻlishi aks etgan.

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. Bu yil nufuzli Oskar mukofotiga Oʻzbekistondan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi tavsiya etildi. Ushbu qaror 21 noyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasining yigʻilishida qabul qilindi.

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Fox music cinema» studiyasi tomonidan suratga olingan Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi tanlandi. 25 noyabrgacha kartina film mualliflari tomonidan tegishli tartibda Oʻzbekiston Milliy kinokomissiyasiga taqdim etilishi zarur, - deyilgan xabarda.

“Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmida oʻtgan asrning boshlarida Turkistonda yuz bergan siyosiy voqealarning shu yurt aholisiga koʻrsatgan taʼsiri bir oila misolida ochib beriladi. Yuz berayotgan voqea-hodisalarga eʼtibor bermay, odamlardan narida uch nafar xotini bilan umrguzaronlik qilayotgan Komil toʻrtinchi bor uylanadi. Yangi ayolning oilaga kirib kelishi bilan bogʻliq baʼzi mojarolar va hududdagi siyosiy ahvol xonadonning parokanda boʻlishiga sabab boʻladi.

Stsenariy muallifi va rejissyor Yolqin Toʻychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yoʻldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev. Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona Oʻljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi Yigʻilishida qoʻmita raisi Firdavs Abduxoliqov hamda qoʻmita aʼzolari Zulfiqor Musoqov, Matyoqub Matchonov, Bahodir Odilov, Hamidulla Hasanov, Eljon Abbosov, Nigora Karimova, Jahongir Ahmedov, Mannop Qoʻchqorov, Aziz Arziqulov, Umid Hamdamov, Baxtiyor Yoqubov, Farrux Toʻlaganov, Eldor Yoʻldoshev, Igor Pinxasov hamda prodyuser va Qoʻmita koordinatori Oybek Abdushukurovlar ishtirok etishdi.

Navbatdagi 93-Oskar taqdirlash marosimi 2021 yilning 25 aprel kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular