16:23 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Madaniyat
Havola olish
61210

Otto Celera 500 ning ixtirochilari uni soʻnggi 50 yilda aviatsiya sohasida erishilgan eng katta yutuq deb atashmoqda.

TOSHKENT, 22 noya - Sputnik. AQShda yaqinda gʻayrioddiy samolyotning parvoz sinovlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Otto Celera 500L - boshqa samolyotlarga umuman oʻxshamagan boʻlib, u koʻproq suv osti kemasini yoki tuxumni eslatadi.

Otto Celera 500 samolyotining dastlabki suratlari 2017 yilda paydo boʻlgan edi. Oradan ikki yil oʻtib uning parvoz sinovlari yakunlandi va kompaniya rasman maʼlumotlarni ochiqladi. Sinov natijalaridan kelib chiqqan holda, Otto Celera 500Lning ixtirochilari uni "soʻnggi 50 yilda aviatsiya sohasida erishilgan eng katta yutuq" deb atashmoqda.

Otto Celera 500L

Texnik xususiyatlar

Maksimal uchish uzoqligi – 8300 km

Maksimal uchish tezligi – 740 km

Samolyot yonilgʻi sarfi 100 km parvoziga - 9-13 litr 

Kabina – 6 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan

Otto Aviation mutaxassislari aytishiga qaraganda, ushbu samolyotning ekspluatatsion xarajatlari soatiga 328 dollarni tashkil qiladi. Misol uchun, xuddi shunday oʻlchamdagi zamonaviy beznes jetlar xarajait soatiga 2100 $ dan ortiq. Samlolyot juda yaxshi balanslangan ogʻirlik markaziga va aerodinamik xususiyatga ega - uning dvigatelsiz parvoz qilish xususiyati 22*1ni tashkil qiladi, yaʼni u oʻchgan dvigatel bilan 10km balandlikdan 200 km masofagacha yetib borishi mumkin. 

Xoʻsh nimaning evaziga ushbu samolyot bunday gʻaroyib xususiyatlarga ega boʻldi?

Dvigatel 

Samolyot yagona dvigatelga ega boʻlib, u ham orqa tomonida joylashgan. Aviatsiya sohasida  bunday joylashuv bir necha ustuvorliklarga ega: birinchidan samolyot juda kam shovqinli boʻladi, ikkinchidan bu yonilgʻi tejarkorliga xizmat qiladi.

Otto Celera 500L

Celera 500 oʻzining zamonaviy qarindoshlaridan farqli ravishda reaktiv dvigatel emas 12 tsilindrli V-shaklidagi  turbo motor bilan jihozlanadi. RED A03 deb nomlanuvchi ushbu motor aviatsiya sohasiga yaxshi tanish. Uni rossiyalik aviainjener Vladimir Rayxlin yaratgan. Ushbu dvigatelning asosiy xususiyati – uning mutlaq ishonchliligidadir. RED A03 dvigatelining ikki yarimtasi (6ta tsilindr) har biri oʻzining alohida yonilgʻi, sovutish va boshqaruv elektron tizimlariga ega boʻlib, parvoz vaqti ularning bir qismida nosozlik yuz bersa samolyot dvigatelning ikkinchi yarmi yordamida eng yaqin eroportga qoʻnishi imkoniga ega boʻladi. Shuningdek, reaktiv dvigatelga qaraganda RED A03 parvozning har bir soati uchun 8 baravar kam yonilgʻi sarflaydi. 

Aerodinamika 

Lekin Otto Celera 500ning eng asosiy xususiyati – uning aerodinamikasida, deyishmoqda samolyot ixtirochilari. Gap shundaki, samolyot katta tezlikda harakatlanganda uning atrofidan juda katta miqdorda havo oqimlari sirpanib oʻtadi (laminar oqimlar). Shu sababli samolyot ustidan boʻrttib chiqib turuvchi har qanday qism ushbu havo oqimlarining tartibsiz harakatlanishiga, samolyot yuzasida turli aylana xarakatlar (vixr) paydo boʻlishiga olib keladi. Bu tartibsiz oqimlar esa, oʻz navbatida samolyotni sekinlashtirib, ortiqcha energiya sarflashga olib keladi.

Otto Celera 500L

Aynan shu sababli ixtirochilar Otto Celera 500 yuzasini mutlaq silliq qilib yaratishgan. Buning uchun ular hatto samolyot shassisini ham toʻliq korpus ichiga yashirinadigan qilishga. Shuningdek samolyot qanotlarini ham imkor qadar kichikroq va yupqaroq qilib yasashga, uchuvchi kabinasi oynalarini ham korpus bilan tekis qilib yasashgan. Natijada samolyot sirtidan oʻtadigan laminar oqimlarning mutlaq silliq, bir tekis oqib oʻtishiga erishilgan.  

Kompaniya xabariga koʻra, ayni damda Celera 500L 31ta sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlab, oʻzining aerodinamik va yonilgʻi samaradorligini toʻliq oqlagan. Hozirgi kunda uni sertifiktlash ishlari olib borilmoqda. Sertifikatlash ishlari yakunlanganidan soʻng samolyotni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi. Otto Aviation lastlabki “tuxumlar”ni buyurtmachilarga 2025 yilda yetkazib berishni vaʼda bermoqda.

Otto Celera 500L

Asosiy mavzular