23:32 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Madaniyat
Havola olish
47 0 0

Qarorga koʻra, 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi.

Aholi, avvalo, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga koʻmaklashish, bolalarga moʻljallangan adabiyotlarni chop etishni qoʻllab-quvatlash Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Dastur quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqich – 2020-2021 yillarda  kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
  • ikkinchi bosqich – 2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;
  • uchinchi bosqich – 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati oʻsishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash.

Qarorga koʻra, 2021 yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi “Kitobxonlik haftaligi” etib belgilandi.

Shuningdek, qaror bilan tasdiqlangan Dasturni 2020-2021 yillarda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, nashriyotlar tomonidan yozuvchilarga ajratiladigan gonorar masalasini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

Asosiy mavzular