07:25 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Madaniyat
Havola olish
40110

Sputnik muxbiri tez kunlarda Qoraqalpogʻistondagi Igor Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyiga rahbarlikni oʻz zimmasiga oladigan Tigran Mkrtыchev bilan suhbatlashdi

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik, Mariya Naumenko. Ochiq tartibda oʻtkazilgan xalqaro tanlov natijasiga koʻra Nukusdagi Savitskiy nomli muzey rahbari etib tayinlangan Tigran Mkrtыchev 2 yanvar kuni oʻz vazifalarini bajarishga kirishadi. Shartnoma toʻrt yilga moʻljallangan.

Yangi rahbar Qoraqalpogʻiston poytaxtiga ertaga, shanba kuni yoʻl oladi.

— Tigran Konstantinovich, siz Kalinin shahrida tugʻilgansiz (hozirgi Tver. - tahr.), Toshkentda tahsil olgansiz, soʻngra esa Moskvaga koʻchib oʻtgansiz. Endi taqdir taqazosi bilan yana Oʻzbekistonga yoʻl olyapsiz. Toshkentga ketishingiz qanday sodir boʻlgan oʻzi?

— Bu juda adabiy hikoya. Maktabda arxeolog boʻlishni orzu qilardim. Talabalik yillarimda Kalinin pedagogika instituti bilan (Endilikda u Tver davlat universiteti - tahr.) arxeologik ekspeditsiyalarga chiqib turardim. Maktabni tamomlagach, oliygohlarga kiruvchilar uchun maʼlumotnomani ochib, arxeologiya mutaxassisligi boʻyicha faqatgina uchta shahar: Moskva, Kiyev va Toshkentda tahsil olish mumkinligini koʻrib qoldim. Moskva haqida hammasi menga ayon edi, Kiyev haqida ham tasavvurga ega edim - u yerda qarindoshlarim istiqomat qiladi. Toshkent haqida esa hech narsa bilmasdim.

Poyezga oʻtirdim va Toshkentga keldim. Universitetga kirdim, uni aʼlo baholarga tamomladim, keyin aspiranturada oʻqidim. Moskvaga qaytgach Sharq Muzeyiga ishga kirdim. Va 1985 yildan 22 dekabrga qadar u yerda faoliyat yuritdim.

— Aytingchi, Savitskiy nomidagi muzey rahbarligiga tanlov qanday oʻtdi. Qanday kriteriylarga eng birinchi galda eʼtibor berildi?

— Oyoqlar uzunligi, sochlar rangi va soqolga...

Endi esa jiddiy javobga oʻtsam. Nukusdagi muzey - regiondagi eng yaxshilaridan biri. Oʻzbekiston uchun bu juda muhim muassasa, va mamlakat rahbari buni tushunadi. Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi qoshida parallel tuzilma sifatida Sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi mavjud. Biz hammamiz, vazirlik - ogʻir vaznga ega va turli yechimlarni talab etadigan voqealigini yaxshi bilamiz, jamgʻarma esa oʻz faoliyatida ancha erkin. Fonddagilar esa, muzey ahamiyatini tushungan holda umumjahon amaliyotiga monand ravishda ochiq xalqaro tanlov oʻtkazishga qaror qilishdi. Mamlakat uchun millatning hech qanday ahamiyati yoʻq, asosiysi - ish tajribasi, spetsifikani yaxshi anglash, xolos.

Tigran Mkrtыchev
Sputnik
Tigran Mkrtыchev

Tanlov bir yarim yil avval oʻtkazilgan edi. Men hujjatlarni topshirdim, dastur ishlab chiqdim va qator tavsiyalarni oldim. Tanlovning ochiq qismida Oʻzbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevich Sayfullayev, Sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi rahbariyati, YUNESKO va Yevropa muzeylari vakillari, Tretyakov galereyasi bosh direktori Zelfira Ismoilovna Tregulovalar qatnashishdi.

Jyuri mening chiqishimni eng qiziq, deb eʼtirof etdi.

— Siz bu muzeyda oldin boʻlganmisiz?

— Albatta, koʻp marotaba. Muzey asoschisi - Igor Vitalyevich Savitskiy hayotligi vaqtlaridan boshlangan bu tashriflar. Bundan tashqari, men muzeyga 2015 yilga qadar rahbarlik qilib kelgan Marinika Maratovna Babanazarova bilan doʻstman. Umid qilamanki, u kishini muzeydagi ishga jalb qila olaman.

— Savitskiy nomidagi muzey sizni nimasi bilan maftun qiladi?

— Muzeylar men uchun - professionallik. Uning XX asra oid tasviriy sanʼat toʻplami, oʻz ahamiyati jihatdan, ehtimol, Rossiya muzeyi kollektsiyasidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Va men xalqaro mutaxassislarni, avvalambor rus mutaxassislarini ushbu kollektsiyani oʻrganish uchun jalb qilishni oʻz vazifam sifatida koʻryapman.

— Oʻzbekistonga qanday tuygʻular bilan uchyapsiz? Axir mentalitet, iqlim va ovqati boshqa...

— Men u yerga juda koʻp marotaba borganman: anjumanlarga, ekspeditsiyalarga, ish bilan. Nimadir noodatiy boʻlishi borasida hech qanday xatarlar yoʻq. Men birinchi kasbim boʻyicha arxeologman, shu bois turli sharoitlarga moslasha olaman.

— Siz respublikada muntazam boʻlasizmi yoki qandaydir masalalarni Moskvadan turib hal etasizmi?

— Men egallab turgan amal masofaviy boshqaruvni nazarda tutmaydi, shanba kuni uzoq muddatga Nukusga yoʻl olaman. Albatta, Moskvaga ham kelib turaman, ammo ish boʻyicha faqat.

— Ishni avvalo nimadan boshlaysiz?

— Muammo va masalalar koʻpligi tufayli, asosiysi bu, deya ajratib koʻrsatish hozircha juda qiyin. Ammo toʻlaqonli ish uchun eng avvalo fonddagi narsalar sverkasini oʻtkazish muhim, bu butun boshli kollektsiyani koʻrish va hammasi joyidami-yoʻqmi, aniqlash imkonini beradi. Bu muzeylar uchun juda muhim. Ikkinchidan esa, tezkor-tahlil oʻtkazib, nima birinchi oʻrinda restavratsiyaga muhtojligini aniqlash lozim.

— Kelgusi bir-uch yilga rejalaringiz?

— Hozirda 2021 yilga Tretyakovka galereyasi bilan muzokaralar boshlab yuborilgan. 2022-yilga ham rejalar bor, ammo bu haqda gapirmaslikni maʼqul koʻrardim: vaʼdalar berishdan oldin, masala ustida yaxshilab ishlash kerak.

Direktor muzeya imeni Savitskogo Tigran Mkrtыchev
© Sputnik / Vitaliy Belousov
Direktor muzeya imeni Savitskogo Tigran Mkrtыchev

— Muzeyning global vazifalari, uning ustuvorliklarini nimada koʻrasiz?

— Igor Vitalyevich Savitskiy Nukusda shunday narsalarni toʻplaganki, ularni oʻrganish, meni nazdimda, sovet sanʼati tarixini sezilarli toʻldiradi.

— Muzeyda qandaydir Rossiya ishlanmalarini joriy qilish rejangiz bormi?

— Mening vazifam - Nukus muzeyi hayotiga umumdunyoviy muzey amaliyotini joriy qilish. Rossiya amaliyoti ham bundan koʻpam farq qilmaydi.

— Rossiyalik mutaxassislardan kim siz bilan Oʻzbekistonda ishlaydi?

— Men faqat bitta ismni ochiqlay olaman, bu inson bilan yaqin doʻstona va ijodiy hamkorligim bor: Mixail Aleksandrovich Kamenskiy.

Shuningdek, sanʼatshunoslik davlat instituti direktori Nataliya Vladimirovna Sipovskaya, Zelfira Ismoilovna Tregulova va restavratsiya instituti rahbari Dmitriy Borisovich Antonov bilan mutaxassislarni jalb qilish borasida muloqot qilgan edim.

Ammo qaysi mutaxassislarga va qancha miqdorda ehtiyoj borligini tushunish uchun biz birinchi navbatda fonddagi bor narsalar sverkasini oʻtkazishimiz shart.

— 2017 yilda Pushkin nomidagi muzeyda boʻlgani kabi chet elda koʻrgazmalar oʻtkazish rejangiz bormi?

— Albatta! Muzeylar roʻyxatini aytishga hali erta, ammo ular - Rossiya, AQSH, Yevropa mamlakatlarida bor. Men 2 yanvarda rahbarlikka kirishaman va muzokaralarni rasmiy darajaga olib chiqishni boshlayman. Hozircha mashhur nomlarni aytishga erta, deb hisoblayman.

— 2018 yil kuzida muzeyda Aleksandr Shevchenkoning yongʻin xavfsizligi tizimi oʻz-oʻzidan ishlab ketishi oqibatida suv tegishi natijasida  shikastlangan "Paqir koʻtargan ayol" asari restavratsiyasi boshlandi. Uning taqdiri nima kechdi?

— Sanʼat asari restavratsiyasi — juda uzoq davom etadigan jarayon, ish hali bormoqda. U qancha davom etishi - restavratorlarga bogʻliq. Oʻylashimcha, bu voqeani nazoratga oldiraman.

— Yongʻinni oʻchirish tizimini rekonstruktsiya qilish rejalashtirilyaptimi?

— Men butun boshli muzeyni aylanib chiqdim, bu tizimni oʻz koʻzim bilan koʻrganman. Ammo lavozimga kirishmagunga qadar uni almashtirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga menda asos boʻlmagan.

— Nukus muzeyi butun boshli Qoraqalpogʻistonning taraqqiyotiga xizmat qilishi mumkinmi?

— Shubhasiz. Qoraqalpogʻiston — murakkab region, eng avvalo - ekologik katastrofa mintaqasidir. U yerda qoraqalpoq xalqi istiqomat qiladi. Fikrimcha, region rahbariyati mintaqa taraqqiyotida muzey ahamiyatini juda yaxshi tushunadi.

— Muzey mintaqani rivojlantiruvchi mexanizm sifatida ishlab ketishi uchun nima qilmoq kerak?

— Bundan manfaatdor boʻlgan insonlarning barchasi: respublika hukumati, kamina va jamoamiz oʻz sayi-harakatlarimizni birlashtirmogʻimiz lozim. Bizning - yaʼni muzeyda ishlaydiganlar va ishlamoqchi boʻlganlar oldida — ulkan va masʼuliyatli ishni amalga oshirish rejasi turibdi va men, mediator sifatida, bu narsani xodimlarga yetkaza olishim kerak. Hukumat esa, oʻz navbatida, odamlarni motivatsiyalash kerakligini tushunmogʻi lozim. Muzeyda mehnat qilish — bu unchalik koʻp boʻlmagan mablagʻ evaziga ancha sezilarli va qaysidir maʼnoda turgʻun ishlarni amalga oshirish demakdir. Nukus muzeyi ishchilari respublika yuzi, Nukus yuziga aylanmoqlari kerak. Men hukumat bundan manfaatdorligini koʻrdim.

— Yoshlarni muzeylarga koʻproq jalb qilish uchun nima qilish kerak siznigcha?

— Muzeylar vazifasi - sanʼat asarlarini saqlash. Ular abadiylik institutlaridir. Bugungi va ertangi yoshlar esa bir xil boʻlmaydi. Ular yoppasiga muzeylarga borishlari shart emas, odamlar bu muassasalar va ular ega boʻlgan kollektsiyalar ahamiyatini tushunishlari muhim. Bugun boy boʻlish urfda, bizning vazifamiz esa, oʻqimishlilikni urfga kiritishdan iborat. Odamlar bilimli boʻlish qanday imkoniyatlarni ochishini tushunib yetsalargina, ularning oʻzlari muzeylarga yoʻl oladi. Muzey xodimlari esa, tashrif buyuruvchilardan: Sizlarga qatimiz yoʻq, biz abadiylikni asrayapmiz", deya ulardan yuz oʻgirmaydilar. Ular yoshlar bilan muloqotga vaqt topishadi. Mana shunday bir holatda hammasi yaxshi boʻladi va anʼana oʻlmaydi.

Teglar:
Nukusdagi muzey, "Baba s vedrom", Nukus, Savitskiy nomidagi muzey, Igor Savitskiy

Asosiy mavzular