09:07 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Madaniyat
Havola olish
19020

2021 yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bagʻishlangan "Savitskiy: buyuk kollektsioner tarixi"ni koʻrishimiz mumkin boʻladi.

TOSHKENT, 31 dek - Sputnik. Nukusda — Igor Vitalyevich Savitskiy merosi haqida turkum kitoblarni tayyorlash ustida ish qizgʻin ketmoqda, deb xabar qildi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva.

Taʼkidlanishicha, loyiha Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi va Assouline Publishing nashriyoti tomonidan amalga oshirilmoqda.

"Muzey eksponatlarini suratga olish maqsadida Nukusga noshir Yaffa Assulin va fotograf Garald Gottshlakning tashrifi uyushtirildi va biz jarayon bilan tanishdik. 2021 yilning may oyida ushbu turkumning birinchi kitobi — muzeydagi oldin nashr etilmagan grafik ishlarga bagʻishlangan "Savitskiy: buyuk kollektsioner tarixi"ni koʻrishimiz mumkin boʻladi. Muzey zaxirasida saqlanayotgan xazinaning keng jamoatchilikka taqdim etilishi tasviriy sanʼat ixlosmandlari uchun haqiqiy sovgʻa boʻlishi shubhasiz. Jahon madaniyatining ushbu merosi yurtimizda joylashgani bizning baxtimizdir. "Sahrodagi Luvr"
nomi bilan mashhur Savitskiy muzeyi noyob va betakrordir, uning boy kollektsiyasini butun dunyo koʻrishi lozim", - deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Moskvadagi Rerixlar muzeyi (Sharq xalqlari davlat sanʼat muzeyining filiali) direktori Tigran Mkrtыchev Savitskiy muzeyi direktorligiga oʻtkazilgan ochiq tanlovda gʻolib deb topilgani va u 2021 yil 2-yanvardan oʻz vazifasiga kirishishi haqida xabar bergan edik.

Teglar:
Nukusdagi muzey, muzey, Qoraqalpogʻiston, Nukus, Savitskiy nomidagi muzey, Igor Savitskiy

Asosiy mavzular