Mitsubishi Navoiy IESi uchun uskunalar yetkazib beradi

© UzbekenergoNavoiy IES
Navoiy IES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mitsubishi Corporation (MC) va Mitsubishi Hitachi Power Systems Ltd. (MHPS) Navoiy IES bilan shartnoma tuzdi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. MHPS asosiy butlovchi qismlarni yetkazib beradi, MC esa Calik Enerji Sanayi Ticaret A.Ş. (CE) bilan birgalikda korxona qurilishi uchun materiallar yetkazadi hamda montaj ishlarini olib boradi.

Bu haqda Mitsubishi korporatsiyaning rasmiy saytida ma’lum qilingan. Qurilish ishlari 2019-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha 450 MVt quvvatga ega yuqori samarali kombinatsiyalashgan bug‘-gaz qurilmasini o‘rnatishga yo‘naltirilgan.

Loyihani amalga oshirish orqali elektr energiyasi va issiqlik yetkazib berish borasidagi muammolar hal etilishi ko‘zda tutilgan.

Mitsubishi Navoiy va Talimarjon IESlarni modernizatsiya qilish doirasida bug‘-gaz uskunalarini yetkazib beruvchi hisoblanadi. Korporatsiya 2012-yilda Turkiyaning Calik Enerji Sanayi ve Ticaret AS va Ispaniyaning Initec kompaniyalari bilan konsorsium tarkibida Navoiy IES modernizatsiyasida qatnashgan.

Yangiliklar lentasi
0