06:58 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Iqtisod
Havola olish
11911

Yevropa Parlamenti Oʻzbekiston bilan YEI oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomaga toʻqimachilik protokolini qoʻshishni ratifikatsiya qildi

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Yevroparlament Oʻzbekiston bilan toʻqimachilik protokolini ratifikatsiya qildi, deb xabar qilgan Yevropa Parlamentining matbuot xizmati.

Mazkur hujjat Oʻzbekistondan tekstil mahsulotlarini import qilishda boj toʻlovlarini kamaytirishga qaratilgan, bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida paxta va tekstil mahsulotlarini savdo qilishni yengillashtiradi.

Yevroparlamentning qayd etishicha, mazkur qaror Oʻzbekiston tomonidan Yevropa deputatlarining paxta terimida bolalar kuchidan foydalanmaslik toʻgʻrisidagi talabalarini bajarganligi sababli qabul qilindi.

Xalqaro savdo Qoʻmitasining (INTA)oʻzbekistonliklar huquqlariga eʼtibori hamda majburiy mehnatdan foydalanishga chek qoʻyishga daʼvatlari tufayli 2011 yilda Yevropa Ittifoqi va Oʻzbekiston oʻrtasida toʻqimachilik protokoli imzolanishi — Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kuzatuvchilari ushbu holatni biron-bir qarshiliklarsiz kuzatish imkoniga ega boʻlmagunlariga qadar kechiktirilgan edi.

Teglar:
ratifikatsiya, Yevroparlament, tekstil

Asosiy mavzular