23:44 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Spirtli ichimliklar

Oʻzbekistonda aroq narxi 7 yilda uch baravarga qimmatlashdi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Iqtisod
Havola olish
91010

Konyak narxi esa bundan-da koʻproqqa qimmatlashdi

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda keyingi yetti yil davomida aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining chakana narxi uch baravardan ortiqroqqa qimmatlashdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.

Masalan, 2010 yil boshida 1 litr aroq 5 ming soʻmga sotib olingan boʻlsa, 2017 yil 1 yanvardan 15,5 ming soʻm toʻlashga toʻgʻri keladi.

Konyak narxi yanada oshgan. 2010 yilda bu spirtli ichimlikning 1 litri 5 ming soʻm turgan, hozirda esa 20,6 ming soʻm turadi. Vinoning narxi esa 2010 yildagi 2,4 ming soʻmdan 6,5 ming soʻmga oshdi.

Oʻtgan yilning toʻqqiz oyi natijalariga koʻra, mamlakatda 14,4 million litr uzum vinosi, 44,4 million litr aroq va aroq-likyor mahsulotlari, 488,1 ming litr konyak, 581,2 ming litr shampan va 50,3 million litrdan ortiq isteʼmol spirti tayyorlangan.

Asosiy mavzular