21:29 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Iqtisod
Havola olish
2523111

Oʻzbekistonni 2021 yilgacha rivojlantirish rejasi loyihasiga koʻra, valyuta, qimmatbaho metall va toshlar bozorida davlat tomonidan qoʻyilgan cheklovlarni olib tashlash koʻzda tutilgan

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston valyutaning erkin konvertatsiyasiga tayyorgarlik koʻrmoqda, deb xabar qilgan kun.uz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekistonni 2017-2021 yillarda rivojlantirish boʻyicha harakatlar Strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni bilan valyuta, qimmatbaho metall va toshlar bozorini liberallashtirish boʻyicha choralar koʻzda tutilgan.
Shu tariqa, 2017 yilda milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish amalga oshirila boshlaydi", — deyiladi xabarda.

Davlatning alohida rejalarida – eksportchilar tomonidan valyuta tushumlarini majburiy sotilishini bekor qilish ham bor. Bu xomashyo eksportchilardan (paxta tolasi, tabiiy gaz, metallar va hk.) tashqari barcha tashkilotlarni qamrab oladi.

Shu bilan bir qatorda, Oʻzbekiston hududida xorijiy valyutada ish va xizmatlarga narx qoʻyish amaliyoti bosqichma-bosqich tugatiladi.

Bundan tashqari, qimmatbaho metall va toshlar importini litsenziyalashni bekor qilish ham rejalashtirilmoqda. Bu mahalliy tilladan tayyorlangan zargarlik buyumlari eksportiga belgilab qoʻyilgan norma (95 foiz)ni kamaytirib, bu sohadagi eksport jarayonlari hamda ichki aylanmani ancha yengillashtiradi.

Loyiha oʻzgartirilishi, toʻldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Teglar:
erkin konvertatsiya, dollar

Asosiy mavzular