"O‘zbekoziqovqatzaxira": kartoshka narxining oshishiga kasallik sabab bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishXozaystvo po proizvodstvu i zagotovke ovoshey v Omskoy oblasti
Xozaystvo po proizvodstvu i zagotovke ovoshey v Omskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yil 10 ming fermer kartoshka ekishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Milliy matbuot markazida "O‘zbekoziqovqatzaxira" uyushmasi raisi o‘rinbosari Nodirbek Rahbarov va uyushma tarkibidagi "Intertrade invest" MChJ bosh direktori Abduhamid Karimov bu yil kartoshkaning nega tanqis bo‘lgani, uning bozordagi narxi oshib ketgani bo‘yicha berilgan savollarga javob berdi. Bu haqda uz24.uz xabar bermoqda.

Kartoshka - Sputnik O‘zbekiston
Kartoshka narxi dollar kursiga bog‘liqmi?

Matbuot anjumanida aytilishicha, o‘tgan yili respublika dalalaridan kutilganidan ancha kam kartoshka hosili yig‘ib olingan. Bunga issiq ob-havo ta’siri tufayli kartoshkaga kasallik tekkani va sabzavotning zararlanishi sabab bo‘lgan. Shu sababli O‘zbekistonda kartoshka mahsuloti tanqisligi ro‘y berdi.

Aholini bayramoldi va qish-bahor mavsumida qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan barqaror narxlarda ta’minlash maqsadida uyushma tarkibidagi mavjud bazalar tomonidan respublikaga kartoshka olib kelish yuzasidan import shartnomalari imzolanib, 31-martga qadar 4 932 700 AQSh dollariga 14 ming 851 tonna kartoshka keltirildi.

Uyushma tarkibidagi 56 korxonaning bari fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, uyushma ularga 40 foiz to‘lovni oldindan amalga oshiradi. Bu yil 10 ming fermer kartoshka ekishni rejalashtirmoqda. Kartoshka asosan, g‘allasi o‘rib olingan dalalarga takroriy ekin sifatida ekiladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda kartoshka narxi keskin ko‘tarilib ketgan, lekin buning sababi haqida tayinli javob bo‘lmayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0