“Omsk-Pavlodar-Chimkent” neft quvuri Jizzaxgacha yetib keladi

© Sputnik / Taras Litvinenko / Mediabankka o‘tishPodgotovka gazoprovoda k zimnemu sezonu
Podgotovka gazoprovoda k zimnemu sezonu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatida yangi qurilayotgan neft zavodiga Rossiya nefti Qozog‘istondan quvurlar orqali yetkizib beriladi.

TOShKENT, 3-maya – Sputnik. Jizzaxdagi yangi neft zavodini xom-ashyo bilan ta’minlash uchun,  Qozog‘iston chegarasigacha neft quvuri quriladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "O‘zbekneftegaz" vakili so‘zlariga asosan.

Ushbu yilning Aprel oyi oxirida Jizzax viloyatida yangi neftni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlangan edi. Umumiy qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan neftni qayta ishlash zavodi yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Yangi zavodga xom ashyo Rossiyadan, Qozog‘iston orqali olib kelinadi.

“Biz Qozog‘iston bilan "Omsk-Pavlodar-Chimkent" neft quvurini mamlakatimiz hududigacha olib kelishga kelishib oldik. Buning uchun 95 km neft quvuri qurilsa bo‘ldi. O‘zbekiston yiliga 5 million tonna neft olish imkoniga ega bo‘ladi”,  - dedi suhbatdosh.

Uning so‘zlariga qaraganda Qozog‘iston tomoni "Omsk-Pavlodar-Chimkent" neft quvurining o‘z hududidan o‘tgan qismini qayta tiklashga rozi bo‘lgan. Ushbu neft quvuri Jizzax viloyati hududiga juda yaqin joydan o‘tgan.

Neft qazib olish - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish bo‘yicha taklif tayyorlaydi

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirida “O‘zbekneftegaz" va Qozog‘istonning "Kazmunaygaz" milliy kompaniyasi neft va gaz sohasida hamkorlik qilish haqida shartnoma imzolashgan edi. O‘shanda Qozog‘iston O‘zbekistonga temir yo‘l sisternalarida istalgan miqdorda neft yetkizib berishga tayyor ekanini xabar qilgan edi.

“Neft quvuri qurilishi yangi zavodning iqtisodiy samaradorligini oshiradi. Biz bundan keyin neftni temir yo‘l orqali yetkizib berish tizimidan voz kechamiz”, — dedi “O‘zbekneftegaz” vakili.

Xolding xabariga ko‘ra, O‘zbekistonga temir yo‘l orqali yetkizib berilayotgan bir tonna neftning narxi 150-250 dollarni tashkil qiladi.

Rejaga ko‘ra, yangi qurilayotgan zavod har yili 3,7 million tonna motor moyi, 700 ming tonna aviatsiya kerosini va 300 ming tonna qushimcha neft mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Zavod qurib bitkazilishi 2022-yilga rejalashtirilgan.

Vid na jeleznuyu dorogu - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston O‘zbekistonga 1 mln tonna neft yetkazib berishga tayyor

O‘zbekistondagi neft zavodining umumiy quvvati 11-12 mln tonnani tashkil qiladi. Bugungi kunda ushbu korxonalar o‘z quvvatining 60% idan foydalanmoqda. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda neft mahsulotlari tanqisligi muammosi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya muassasalari aprel oyining boshida neft yetkizib berish haqia shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra dastlabki bosqichda Rossiya O‘zbekistonga 500 ming tonna neft yetkizib beradi.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2002-yildan 2012 yiga qadar suyuq uglevodlar qazib olish hajmi 7,24 mln tonnadan 3,17 mln tonnagacha kamaygan. Neft va gaz kondensati qazib olish ushbu tabiiy boyliklarning O‘zbekistondagi zahiralari kamayishi tufayli sodir bo‘lgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0