20:59 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
48610

Oʻzbekistondagi Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati 2027 yilga kelib oltinchi oltin konini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Markaziy Qizilqumda oltin qazib olishni koʻpaytirish maqsadida, kombinat Rossiyaning uchta loyihaviy kompaniyalarini jalb qildi, deb xabar qildi NTMK bosh direktorining iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Nurmat Julibekov

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. Oʻzbekistondagi Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati 2027 yilga kelib oltinchi oltin konini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Undan yiliga 3 million tonna ruda qazib olinadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Navoiy togʻ-metallurgiya zavodi" 2022-2026 yillarda Markaziy Qizilqumda oltin ishlab-chiqaruvchi oltinchi gidrometallurgiya zavodini (GMZ-6) ishga tushiradi, deb xabar qildi jurnalistlarga juma kuni kombinat bosh direktori oʻrinbosari Nurmat Julibekov.

Julibekovning soʻzlariga koʻra, yangi zavodda yiliga 3 million tonna ruda qayta ishlanadi.

Julibekov, shuningdek, mart oyida Navoiy  kon-metallurgiya kombinati Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishi boshlanganini eslatib oʻtdi. Umumiy qiymati 396 million dollar boʻlgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Ushbu  zavod 2021 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

"2017-2026 yillarda kombinatda 27ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Qiymati 3 milliard dollardan ortiq boʻlgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab-chiqarish quvvati 30 foizga ortadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Navoiy togʻ-metallurgiya zavodi, Markaziy Qizilqum, oltin koni

Asosiy mavzular