Pensiya va nafaqalar sinov tariqasida tarqatilyapti

Obuna bo‘lish
Pensiya pulini tashishda xizmat qilayotgan har bir "Damas"ga "Xalq banki"ning ikki xodimi, bir nafar militsiya xodimi birkitilgan

TOShKENT, 12-may — Sputnik. May oyida Samarqand viloyatining Qo‘shrabot, Urgut va Tayloq tumanlarida pensiya va nafaqalar mahallalar bilan hamkorlikda "Xalq banki" orqali tarqatilyapti, deb xabar berdi "Zarafshon" nashri.

Xalq banki O‘zbekistonda pensiya olishning yangi qoidalari haqida axborot berdi
Xabarda ta’kidlanishicha, buning uchun Qo‘shrabot va Toyloq tumanlarida 3 tadan, Urgutda 6 ta "Damas" avtomashinasi xizmat ko‘rsatayapti.

Har bir "Damas"ga "Xalq banki"ning ikki xodimi, bir nafar militsiya xodimi birkitilgan.

O‘zbekiston prezident qaroriga asosan, 2017-yilning iyul oyidan boshlab pensiya va nafaqalar Xalq banki orqali har oyning 27 sanasida to‘lanadi. To‘lov boshlangani haqida fuqarolar sms orqali ogohlantiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0