Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Laura Korobkova / Mediabankka o‘tishVistavka Citroen Creative Tour v Moskve
Vistavka Citroen Creative Tour v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi «Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive» qo‘shma korxonasi Toshkendan 200 km uzoqlikdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, hududda quriladi. U yerda 2019-yildan boshlab har yili ichki va tashqi bozor uchun 16 000 ta yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxona quriladi.

TOShKENT, 16-may — Sputnik. "O‘zavtosanoat" AK va  Fransiyaning "Pejo Sitroyen" guruhi orasida O‘zbekistonda yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi korxona barpo etish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar qilmoqda kompaniya  matbuot xizmati.

Yangi «Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive» qo‘shma korxonasi Toshkendan 200 km uzoqlikdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida, hududda quriladi. U yerda 2019-yildan boshlab har yili 16 000 ta yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi korxona quriladi.

“Yegil tijorat avtomobillari segmenti O‘zbekistonda o‘zlashtirilmagan yagona transport vositasining turi edi. Ushbu loyihaning tadbiq etilishi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yana bir dadil qadam bo‘ladi. Aholi bandligini ta’minlashga hizmat qiluvchi yangi qo‘shma korxona O‘zbekiston sanoatining yanada rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shadi”, — dedi “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisining o‘rinbosari Rustam Yusupov.

Zavod “Peugeot” va “Citroyon” brendlari ostida yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Ustav kapitali 30 mln. yevroga teng qo‘shma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha bo‘yicha umumiy investitsiya qariyib 130 mln. yevroga teng.

Avtozavod GAZ - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Rossiyaning "GAZ" avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin

“Pejo Sitroyen” Gruppasi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishda va mutaxassislar malakasini oshirishda ko‘mak ko‘rsatadi. Zavod ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sifati,  yetkazib berish va savdo masalalarida “Pejo Sitroyen”ning zamonaviy tizimi bo‘yicha ish olib boradi. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilish yo‘li bilan birinchi yilning o‘zidayoq yangi qo‘shma korxonada 50% mahalliy mahsulotlardan foydalanish  ko‘zda tutilgan.

“Ushbu loyiha bizning 5-yillikka mo‘ljallangan taraqqiyot Dasturimizga to‘la mos keladi va bu “Pejo Sitroyen” Gruppasi uchun yengil tijorat avtomobillarining savdosini rivojlantirish va hududiy kengayish uchun yana bir katta imkoniyatdir. Biz qo‘shma korxona tashkil etilishida asosiy faktor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan qo‘llab-quvvatlashlarini hamda o‘zbek hamkorlarimiz bilan konstruktiv muloqotni juda yuqori baholaymiz”- deya e’tirof etdi “Pejo Sitroyen” Gruppasining Vitse-prezidenti Kristof Berjeran.

GM Uzbekistan avtomobil zavodi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 50 %ga kamaydi

Bugungi kunda “O‘zavtosanoat” AK tarkibida 30 ga yaqin yirik zavodlar va 160 dan ortiq o‘rta va kichik korxonalar aynan mahalliylashtirish dasturi asosida ish olib boradi. Qurilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma korxonada yiliga 16 000ta avtomobil ishlab chiqariladi. Ularni yurtimizda, shuningdek, uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda. 32 millionlik aholi soniga ega O‘zbekistonda sanoatni va avtomobil bozorini rivojlantirish uchun yetarlicha salohiyat va imkoniyat bor.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0