Dunyoda haqiqiy va sun’iy boyliklar orasida kuchli kurash ketmoqda - Barabaner

© Sputnik / Vadim AnsupovEkonomist Xanon Barabaner
Ekonomist Xanon Barabaner - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo moliya tizimi allaqanday qog‘ozlarga emas, haqiqiy boyliklarga bog‘langan bo‘lishi kerak. Dunyoga 6-7 mamlakat valyutalaridan iborat, yangi rezerv valyuta kerak.

TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti haqiqiy moddiy  boyliklar emas moliya iqtisodiyotiga aylanib bormoqda. Oxirgi yillarda Davosda, Sankt-Peterburgda va Ostonada bo‘lib o‘tgan forumlarda ana shu muammo haqida so‘z yuritilmoqda, deydi iqtisodchi olim Xanon Barabaner.

Bu juda jiddiy masala. Dunyo moliya-iqtisodiy tizimini qayta ko‘rib chiquvchi jiddiy chora kerak. Moliya tizimi allaqanday qog‘ozlarga emas, haqiqiy boyliklarga bog‘langan bo‘lishi kerak.

Aslini olganda, bugun dunyo valyutasi bu – dollar, lekin u mutlaq hech narsa bilan qoplanmagan. Oltin  bilan ta’minlash to‘xtatilganidan keyin dollar o‘z qimmatini yo‘qotgan. Uni Federal Rezerv fondi nomli xususiy firma bosib chiqaradi.

Dollar piramidasi - Sputnik O‘zbekiston
Dunyoda faoliyat yuritayotgan eng ulkan moliyaviy piramida

Oddiy qilib tushuntirganda bunday, agar sizning uyingiz bo‘lsa – u haqiqiy boylik. Agar sizning pulingiz bo‘lsa – u har soniyada o‘z qiymatini yo‘qotib, oddiy qog‘ozga aylanib qolishi mumkin.

Bugun dunyoning yetakchi mamlkatlari yangi rezerv valyuta kerakligi haqida gapirmoqda. Yangi valyuta 6-7 mamlakatning valyutalaridan tuzilgan valyutalar savatidan iborat bo‘lishi kerak. Masalan Shveysariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya  va ho kazo.

Aslida, hozir dunyoda haqiqiy va soxta  boyliklar orasida keng ko‘lamli, kuchli kurash ketmoqda.

Xanon Zelikovich Barabaner 1933-yilda Leningradda tug‘ilgan. Iqtisod va boshqarish instituti rektori, Tallin faxrli fuqarosi, 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir necha nufuzli xalqaro unvonlar sovrindori. Yevropa, Rossiya, Boltiqbo‘yi va Qozog‘iston uninversitetlarining faxrli professori.

Barabaner: v mire idet kolossalniy spor mejdu realnimi sennostami i fiktivnimi
Yangiliklar lentasi
0