06:36 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Torgovlya myasom

Oʻzbekistonga import qilinadigan goʻsht, un, yem-xashak narxlari arzon boʻladi - prezident qarori

© Flickr / Chris Price
Iqtisod
Havola olish
295070

Oʻzbekiston prezidenti 15 avgust kuni "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi

TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 1 sentyabrdan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini aktsiz soligʻidan ozod qildi. Bu haqda Uznews.uz xabar berdi.

Oʻzbekiston prezidenti 15 avgust kuni "Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarorni imzoladi.

Qaror talablariga koʻra 1 sentyabrdan boshlab Oʻzbekistonga olib kiriladigan goʻsht va yarim tayyor goʻsht mahsulotlari, parranda yogʻi, choʻchqa yogʻi, bugʻdoy uni va parranda boqish uchun yemlar aktsiz soligʻidan ozod etilgan.

Shuningdek, qaror bilan 2017 yil 1 sentyabrdan oziq-ovqat mahsulotlarning alohida turlari boʻyicha bojxona toʻlovlari kamaytirildi: xususan, Oʻzbekistonga import qilinadigan qoramol goʻshti, choʻchqa goʻshti, choʻchqa yogʻi, parranda yogʻi va boshqa goʻsht sub mahsulotlari, kofe, bugʻdoy uni, shakarqamish shakariga import boji kamaytirildi. Shuningdek, oʻsimlik yogʻi, shakar, kofe mahsulotlarining aktsiz soligʻi kamaytirildi.

Qaror bilan 2017 yil 1 sentyabrdan ayrim mahsulotlar import bojidan ozod qilindi. Xususan, tadbirkorlar tomonidan Oʻzbekistonga olib kiriladigan saryogʻ, soya va oʻsimlik yogʻlari, javdar uni, bugʻdoyning qattiq va un yormalari, shakarqamish shakari, kakao, farmatsevtikada foydalaniladigan hom-ashyo va parrandalarni boqish uchun yemlariga import bojining "nol" stavkasi qoʻllaniladi.

Shuningdek, ayrim oziq-ovqatlarni yetishtirish urugʻlari (kartoshka, bugʻdoy, maslin, javdari, arpa, makkajoʻxori, grechka, kungaboqar va boshqalar) import qilinganda bojxona bojini toʻlamaydi.

Ushbu prezident qarorini qabul qilinishi natijasida mahalliy mahsulotlarining tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini qimmatlashib ketishishi oldini oladi.

Asosiy mavzular