14:32 20 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Proizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lentы v Kaliningrade

Toshkent viloyatida tsellyuloza-qogʻoz kombinati quriladi

© Sputnik / Igor Zarembo
Iqtisod
Havola olish
31901

Yeso Paper Industry MCHJ 2017-2019 yillarda "Tsellyuloza-qogʻoz kombinati tashkil etish" loyihasini amalga oshiradi.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tsellyuloza va qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorga imzo chekdi.

Qarorga muvofiq, Yeso Paper Industry MCHJ 2017-2019 yillarda "Tsellyuloza-qogʻoz kombinati tashkil etish" loyihasini amalga oshiradi.

Loyiha yiliga 16,5 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Loyihaning taxminiy qiymati 10,3 mln dollarni tashkil etadi.

Korxona koʻp yillik (terak va boshqalar) va bir yillik (gʻoʻza, topinambur, sholi va bugʻdoy somoni) mahalliy oʻsimliklardan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Loyiha tashabbuskoriga Toshkent viloyatida tsellyuloza-qogʻoz kombinati qurilishi uchun maydoni 20 gektarni tashkil etuvchi yer uchastkasi ajratiladi.

Bundan tashqari, loyiha tashabbuskoriga daraxt (terak va boshqalar) plantatsiyalari barpo etish asosida xomashyo bazasini mustahkamlashi uchun 900 gektar yer maydoni ajratiladi.

Yeso Paper Industry MCHJga mazkur loyihani amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

Asosiy mavzular