Toshkentda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente
Mejdunarodniy biznes-sentr v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda Toshkentda 3ta kichik sanoat zonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, shu yilda yana 5ta, 2018-yilda 2ta zonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkent shahrida kelgusi ikki oy ichida yangi kichik sanoat zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev v xode vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva, pribivshim v KR s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Ushbu yangi sanoat zona poytaxtning Uchtepa tumanidagi sobiq "Signal" ilmiy-sanoat uyushmasi bino va inshootlari o‘rnida umumiy maydoni 5,1 gektar hududda tashkil etiladi. Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan ushbu obyektlar to‘liq ravishda Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga o‘tadi.

Shuni ta’kidlab o‘tamizki, hozirgi kunda Toshkentda 3ta kichik sanoat zonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, shu yilda 5ta, 2018-yilda 2ta zonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish maydonlar va yer uchastkalari 10-yil muddatli ijaraga taqdim etilmoqda.

Kelgusida kompaniyalar tomonidan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar shartlari to‘liq bajarilib, barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, ushbu muddat yana 10-yilga uzaytirilishi mumkin.

Kompaniyalar sanoat zona hududida mulk solig‘i va yuridik shaxslar uchun foyda va yagona soliq to‘lovlaridan ikki yilga ozod qilinadi. Imtiyozlar yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30 foizi eksportga jo‘natish sharti bajarilgan bo‘lishi kerak.

Ximicheskie udobreniya - Sputnik O‘zbekiston
2022 yilgacha O‘zkimosanoat korxonasi 3,1 mlrd $lik loyihalarni amalga oshiradi

O‘zbekistonda jami kichik sanoat zonalarning soni 96 taga yetgan. Ushbu zonalarda mingdan ortiq umumiy qiymati 535 mlrd so‘mlik loyihalar amalga oshirilgan. Yangi ishlar chiqarish korxonalarni tashkil etish natijasida 9,6 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlar yaratildi.

Sanoat zonalar turli loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda talab oshmoqda, balki tashqi bozorlarga yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika, zamonaviy qurilishi materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar yetkazilmoqda. Bundan tashqari, 248ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish davomida qo‘shimcha 11 ming yangi ish joylari ochish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0