YeTTB O‘zbekistondagi loyihalar uchun 110 mln dollar kredit ajratdi

© East NewsEuropean Bank for Reconstruction and Development
European Bank for Reconstruction and Development - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, YeTTB O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki uchun 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Umumiy summaning 70 million dollari kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirishga, 30 million dollari savdoni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) direktorlar kengashi O‘zbekistondagi loyihalar uchun umumiy qiymati 110 million dollarlik ikkita kredit ajratdi, deb xabar berdi RIA Novostiga respublika hukumati vakili.

"Londonda YeTTB direktorlar kengashi O‘zbekistonda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun 110 million dollar miqdorida kredit ajratilishini bir ovozdan ma’qulladi", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Prezident YeBRR Suma Chakrabarti - Sputnik O‘zbekiston
YeTTB rahbari O‘zbekiston bilan loyihalar qisqa fursatlarda ishga tushishini kutmoqda

Xususan, YeTTB O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki uchun 100 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratdi. Umumiy summaning 70 million dollari kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirishga, 30 million dollari savdoni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, YeTTB sharbatlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Agromir Juice MChJ QKga 10 million dollar kredit ajratdi. Ushbu mablag‘ Samarqand viloyatida korxona uchun zamonaviy ombor majmuasi qurishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston 1992-yil aprelida YeTTBga a’zo bo‘lgan, 1993-yil mayida Toshkentda bank vakolatxonasi ochilgan. YeTTBning ma’lumotlariga qaraganda, bank o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston hukumati va xususiy kompaniyalarga 54 loyiha uchun 899 million yevro miqdorida kredit taqdim etgan. Bank O‘zbekistondagi loyihalar uchun oxirgi marta 2007-yilda kredit ajratgandi.

Shu yilning mart oyida O‘zbekistonga YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. O‘zbekiston TIVning ma’lum qilishicha, transport va kommunal infrastruktura, bank va kichik biznes sohasida YeTTB bilan hamkorlikda 1,5 milliard dollarlik loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0