02:57 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
SIZ Angren

"Tatneft" kompaniyasi "Angren" EIZda investitsion loyiha amalga oshirmoqchi

© Facebook
Iqtisod
Havola olish
22510

"Tatneft" vakillari "Angren" EIZda biznes yuritish imkoniyatlari va shartlari, uning infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. Rossiyaning "Tatneft" kompaniyasi "Angren" erkin iqtisodiy zonasi negizida neft-kimyo sohasi boʻyicha investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti EIZ maʼmuriyatiga asoslanib.

"Rossiyaning "Tatneft" neft kompaniyasi delegatsiyasi neft-kimyo ishlab chiqarishi sohasida investitsion loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida "Angren" EIZga tashrif buyurdi", — dedi agentlik suhbatdoshi. Uning aytishicha, loyihani ishlab chiqish dastlabki bosqichda boʻlib, uning koʻrsatkichlari Rossiya kompaniyasi vakillarining shu yil oxirida amalga oshiradigan tashriflari davomida maʼlum boʻladi.

"Tatneft" vakillari "Angren" EIZda biznes yuritish imkoniyatlari va shartlari, uning infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishdi.

Sentyabr oxirida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning Oʻzbekistonga tashrifi davomida "Tatneft", "Kamaz", KMPO, "Tatximfarmpreparatы" kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilingandi. Hisob-kitoblarga koʻra, bu oʻzaro tovar almashish hajmini uch baravarga oshiradi.

"Angren" EIZ 2012 yil aprelida tashkil etilgan. Uning faoliyat muddati kelgusida uzaytirish imkoniyati koʻzda tutilgan holda 30 yil. Ushbu davr mobaynida bu yerda alohida bojxona va soliq rejimi, Oʻzbekiston norezidentlariga kirishning va mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi. Hozirda EIZ hududida umumiy qiymati qariyb 550 million dollarlik 27 loyiha amalga oshirilmoqda.

Asosiy mavzular