Tadbirkor qizlarning eng yaxshi loyihalari aniqlandi

© wcu.uzPobediteli konkursa molodix predprinimateley sredi devushek
Pobediteli konkursa molodix predprinimateley sredi devushek - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning aprel-may oylarida boshlangan ushbu tanlovda kasb-hunar kollejlari bosqichlarida respublika bo‘yicha 800 ta kollejdan 18 235 nafardan ortiq bitiruvchi qizlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi.

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentdagi O‘zbek milliy akademir drama teatrida «Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi — 2017» ko‘rik-tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Xotin-izlar qo‘mitasi.

Marosimda biznes loyihalari eng munosib deb topilgan 82 nafar kollej bitiruvchilari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining maxsus diplomlari, tijorat banklarining sertifikatlari, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi madaniy dastur namoyish etildi.

© wcu.uzTanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi
Pobediteli konkursa molodix predprinimateley sredi devushek - Sputnik O‘zbekiston
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi

2017 yilning aprel-may oylarida boshlangan ushbu tanlovda kasb-hunar kollejlari bosqichlarida respublika bo‘yicha 800 ta kollejdan 18 235 nafardan ortiq bitiruvchi qizlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishdi.

Tanlovning keyingi tuman va viloyat bosqichlarida 1717 va 579 nafar yoshlar ishtirok etishdi va uchta nominitsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan qizlar soni 82 nafarni tashqil etdi.

"Qishloq xo‘jaligi sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz" nominatsiyasida — 26 nafar, "Servis sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz" — 27 nafar va "Ishlab chiqarish sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz" nominatsiyasida — 29 nafar bittiruvchi qizlar g‘olib bo‘ldi.

Eslatib ztamiz, O‘zbekiston hukumati xoting‘qizlar mamlakatning ijtimoiyg‘iqtisodiy hayotida yanada faolroq ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Bugungi kunda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida band bo‘lgan ayollar 45 foizni, jumladan, sanoatda 28,3, qishloq xo‘jaligida 37 foizni tashkil etadi. Fermer ayollar soni esa 1500 oshdi.

© wcu.uzTanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi
Pobediteli konkursa molodix predprinimateley sredi devushek - Sputnik O‘zbekiston
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi
Yangiliklar lentasi
0