Peugeot-Citroen zavodi muddatidan oldin ishga tushadi

© AP Photo / Jacques BrinonPeugeot
Peugeot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zavodda 600ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yillik ishlab chiqariladigan mahsulot qiymati 170 mln yevrodan ortiq bo‘ladi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Jizzaxda qurilayotgan O‘zbekiston — Fransiya  avtomobil zavodi – Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive o‘zining birinchi mahsulotini 2018-yilning 10-dekabrida chiqara boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri "Uzavtosanoat" vakiliga asosan.

Shavkat Mirziyoyev, respublika uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu loyihani 2018-yilning 10-dekabrida ishga tushirishni topshirdi. Reja bo‘yicha zavod 2019-yilning birinchi kvartalida ish boshlashi kerak edi.

“Zavodda Pejo Bokser modeli yiliga 3 mingta, Pejo Ekspert — 13 mingta ishlab chiqariladi. Mahsulot modifikatsiyalari ro‘yxati jiddiy ishlab chiqlgan. Bokser 10-12 xil modifikatsiyada, Ekspert– 7 xil modifikatsiyada ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan”, — dedi manbaa.

Xususane, Pejo Bokser modeli asosida 16-18 kishilik mikroavtobus, tez yordam mashinalari, yuk tashish furgoni va refrijerator furgon ishlab chiqriash rejalashtirilgan. Pejo Ekspert asosida esa – 9-12 kishilik mikroavtobus, furgon, pikap va boshqa modifikatsiyalar ishlab chiqarish nazarda tutilgan. Yangi avtomobillar tejamkor bo‘lib, Bokser uchun 100 kmga  9-12 litr yonilg‘i sarflaydi, Ekspert esa – 7-8 litr.

Vistavka Citroen Creative Tour v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

Zavodda 600ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi, yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati esa 170 mln yevrodan oshiq bo‘ladi. Mahsulotning 50% MDH mamlakatlari, Eron va Fransiyaga eksport qilish rejalashtirilmoqda. Yillik eksport hajmi 55 mln yevro, ehtiyot qismlar hajmi – 15 mln yevroni tashkil qiladi.

Yangi zavod “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida qurilmoqda. Korxonani loyihalashtirish  Peugeot Citroen kompaniyasi injenerlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Kelajakda ishlab chiqarilayotgan mahsulotda mahalliylashtirish ulushini 50%ga yetkizish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0