Samarqandda Volkswagen Amarok avtomobillari ishlab chiqariladi

Obuna bo‘lish
O‘zavtosanoat va Volkswagen kelishuvi asosida Samarqandda VW Amarok pikaplari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Germaniyaning Volkswagen AG konserni 2019 yilda Samarqandda Amarok pikaplari ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, korxona vakiliga asosan.

"O‘zavtoprom" va Volkswagen AG Samarqanddagi “MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasida 2018-2019 yillarda Volkswagen Amarok pikaplari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olishdi. Ushbu shartnoma O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Germaniyaga bo‘lgan tashrifi davomida imzolangan.

Perviy den raboti s passajirami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda 350 ta gazda yuruvchi MAN avtobuslari paydo bo‘ladi

Samarqandda Volkswagen Amarok kichik-bo‘laklardan jamlash (CKD) texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi. Kelajakda ishlab chiqarish ma’lum darajagacha mahalliylashtirilishi rejalashtirilmoqda. 

Tashrif davomida "O‘zavtosanoat" delegatsiyasi MAN Trucks&Bus AG kompaniyasi bilan suyultirilgan gazda ishlaydigan 50 tonnali MAN CLA ag‘darma yuk mashinalari va MAN Lion's Coach shaharlararo avtobuslari ishlab chiqarish haqida kelishib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqanddagi “MAN Auto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi 2009-yilning avgust oyida tashkil qilingan edi. Korxonaning 51 %i O‘zbekiston va 49% MAN Nutzfahrzeuge kompaniyasiga tegishlidir. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati – yiliga 5 ming dona yuk avtomobili. Oxirgi yillarda korxona 15 tonnadan 41 tonnagacha bo‘lgan turli maqsadga mo‘ljallangan TGA va CLA model yuk va maxsus avtomobillari, yirik bo‘lakli jamlash texnologiyasi asosida, ishlab chiqarib kelayotgan edi. 2016-yilning dekabridan boshlab qo‘shma korxona MAN A22 CNG.

Yangiliklar lentasi
0