O‘zbekiston Janubiy Koreyaga uran yetkazib beradi

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini P. Poroshenko posetil Rovenskuyu AES
Prezident Ukraini P. Poroshenko posetil Rovenskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eslatib o‘tamiz bundan oldin O‘zbekiston AQSh va Hindiston bilan uran yetkizib berish bo‘yicha shartnomalar imzolagan edi.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya uran yetkizib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnoma imzolashdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu hujjat Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga bo‘lgan tashrifi davomida imzolandi. Hozircha, shartnomaning umumiy qiymati va yetkazib beriladigan uran miqdori xabar qilinmagan.

Bundan oldin O‘zbekiston AQSh bilan uran yetkazib berish haqida umumiy qiymati 300 mln dollar bo‘lgan 7-yillik shartnoma imzolagan edi.

Undan tashqari, ushbu yilning sentabr oyida Hindiston bilan ham ham uran yetkazib berish borasida muzokaralar olib borilgan edi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston eng yirik uran, oltin, mis, kaliy tuzlari, fosforit va kaolin zahiralari bo‘yicha dunyo o‘ntaligiga kiradi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda aniqlangan uran zahiralari miqdori 190 ming tonnani tashkil qiladi.

Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 1931 ta turli foydali qazilma konlari bor. Ulardan 814 ta qurilish materiallari konlari, 624 ta toza va mineral suv osti suvlari, 235 ta uglevodorod, 152 ta metal, 37 ta tog‘-kon, 32 ta tog‘-kimyo, 30 ta rangli toshlar va 7 ta ko‘mir va yonuvchi slanes konlari mavjud.

Yangiliklar lentasi
0