18:28 21 Aprel 2018
Efir
Dobыcha gaza

Tojikistonga Oʻzbekiston gazini yetkazib berish masalasi muhokama qilinmoqda

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy
Iqtisod
Havola olish
79612

Tojikistonga soʻnggi besh yil ichida ilk bor Oʻzbekiston tabiiy gazi yetkazib berilishi mumkin. 2012 yilda Oʻzbekiston Xitoy va Rossiyaga gaz yetkazib berilishi koʻpayganligi sababli Tojikistonga gaz sotish toʻxtatilgandi

TOSHKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkent va Dushanbe Tojikistonga Oʻzbekiston gazini yetkazib berish boʻyicha muzokara olib bormoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

"Ha, darhaqiqat, bizda Tojikistonga tabiiy gazni yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda. Lekin yakuniy qaror yuqori darajada qabul qilinadi. Hozircha gaz yetkazish hajmi va boshlash muddatlari haqida aniq maʼlumot yoʻq", — deb izoh bergan Sputnik muxbiriga "Oʻztransgaz" kompaniyasi boshqarma boshligʻi Akmal Eshoqulov.

Tomonlar kelishuvga erishsa, Tojikistonga soʻnggi besh yil ichida ilk bor Oʻzbekiston tabiiy gazi yetkazib beriladi. Taʼkidlab oʻtamizki, 2012 yilda Xitoy va Rossiyaga gaz yetkazish koʻpayib ketganligi sababli Tojikistonga tabiiy gaz sotish toʻxtatilgandi.

Hukumatdagi yana bir manbaaning soʻzlariga koʻra, Toshkentga shu haftaning boshida Tojikiston energetika va suv resurslari vazirligi vakillari tashrif buyurishgan. Suhbatdosh tojikistonlik mutaxassislar bilan oʻtkazilgan muzokaralar kun tartibidagi masalalarni ayta olmadi. Lekin, ular koʻplab masalalar muhokama qilinayotganligini taʼkidlab oʻtdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 13,6 ming kilometr gaz yetkazib berish tizimi mavjud. "Oʻzbekneftegaz" yiliga 60-70 milliard kuba metr tabiiy gaz qazib olish quvvatiga ega.

2020 yil oxiriga qadar kompaniya tomonidan bir qator loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 8,5 milliard kuba metr gaz, 21 milliard gaz yetkazib berish tarmogʻi hamda 361 ming tonna siqilgan gaz qazib olish va yetkazish tizimi tatbiq etiladi.

Asosiy mavzular