18:28 21 Aprel 2018
Efir
Gazprom.

"Gazprom" Oʻzbekiston va Qozogʻistondan 20 milliard kubometr gaz sotib oladi

© REUTERS / MAXIM ZMEYEV
Iqtisod
Havola olish
24710

2017 yil yakuni boʻyicha ushbu davlatlardan 20 milliard kubometr gaz xarid qilinadi, 2018 yilda ham ushbu hajmni saqlab qolish rejalashtirilmoqda

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. 2018 yil "Gazprom" kompaniyasi Oʻzbekiston va Qozogʻistondan 20 milliard kubometr gaz sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi RIA Novostiga "Gazprom eksport" vakili Andrey Zotov.

"Rossiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston davlat rahbarlarining uchinchi chorakda amalga oshirilgan uchrashuvi chogʻida Markaziy Osiyo davlatlaridan gaz sotib olish hajmlarini koʻpaytirishga qaror qabul qilindi. 2017 yilda 20 milliard kubometr gaz xarid qilinadi va 2018 yilda ushbu hajmda sotib olish rejalashtirilgan", — dedi Andrey Zotov.

Eslatib oʻtamiz, shu yil aprel boshlarida "Gazprom" Oʻzbekiston bilan 2018 yildan boshlab yiliga 4 milliard kubametr gaz sotib olish boʻyicha besh yillik shartnoma imzolandi. Shuningdek, "Gazprom" va "Oʻzbekneftegaz" oʻrtasida hamkorlikda geologik qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha bitim tuzilgan.

Asosiy mavzular