Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda mis zahiralarini izlaydi

© Sputnik / Mark Redkin / Mediabankka o‘tishGeologicheskaya razvedka
Geologicheskaya razvedka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rosgeoperspektiva" kompaniyasi 2018-yilda O‘zbekiston hududida aerogeofizikaviy uslub bilan ruda izlaydi.

TOShKENT, 6 dek — Sputnik. "Rosgeoperspektiva" guruh kompaniyalari O‘zbekiston Davlat Geologiya qo‘mitasi bilan mis konlarini izlash bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu hujjat Uzgeoinvest-2017 xalqaro konferensiyasi yakunida imzolandi. Uzgeoinvest konferensiyasida dunyoning 20ta mamlakatidan 50 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

“Bu shartnoma faqat bir yilga tuzilgan. Maydonlar o‘rganilib, u yerda kon qurib bo‘lish bo‘lmasligi aniqlanadi”, — dedi Rossiya kompaniyasi bosh direktori Vladimir Chechulin.

Chechulin baholashiga ko‘ra, 2018-yilda kompaniya dastlabki ma’lumotlar bilan tanishadi, aerogeofizik izlanishlar olib boradi. Navoiy viloyatidagi "Kazaxtau" i "Kazaxtau –I" mis-porfir konlarida sinov quduqlari qaziladi. Dastlabki bosqichda sarmoyalar miqdori 3 million dollardan iborat bo‘ladi.

Tog‘-boyitish kombinati - Sputnik O‘zbekiston
2016 yilda Sautbayda tog‘-kon majmuasi qurilishi boshlanadi

“Biz rejalashtirayotgan, ustki qatlam ostida yashiringan ruda zahiralarini aniqlashning aerogeofizik uslubi, birinichi bo‘lib O‘zbekistonda qo‘llaniladi”, — dedi "Rosgeoperspektiva" bosh direktori.  

Chechulin aytishiga qaraganda, mis rudasining sanoat zahiralari topilgan taqdirda, kompaniya tog‘-kon yoki tog‘-qayta ishlash zavodi qurishga sarmoya  jalb qilish uchun texnik-iqtisodiy asoslanish ishlab chiqishni boshlaydi.

Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat - Sputnik O‘zbekiston
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati samaradorligi oshiriladi

2012 yilning dekabr oyida O‘zbekiston Geologiya Qo‘mitasi Rio Tinto nomli Avstraliya-britaniya kompaniyasiga Namangandagi “Gava” hududida mis topish uchun geolog-razvedka o‘tkazish litsenziyasini bergan edi.

2015 yilda kompaniya ishning dastlabki bosqichini yakunlab, loyihani to‘xtatib qo‘ygan edi. Bunga sabab dunyo bozorida mis narxi tushib ketgani bo‘lgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda yagona mis ishlab chiqaruvchi, bu – “Olmaliq” TMK bo‘lib, u yiliga 100 ming tonna mis ishlab chiqaradi. Kompaniya asosan Kalmakir va Sari-Cheku mis-porfir konlaridan foydalanadi.

Avgust oyida kompaniya “Dalnee” nomli konni o‘zlashtirishga kirishdi. Uning umummiy qiymati 1,7 mlrd. dollar. Loyiha ochiq uslub bilan yiliga 23 million tonna ruda qazib olishni nazxarda tutadi. Loyiha 2017-2028 yillarda amalga oshiriladi.

 

Yangiliklar lentasi
0