09:13 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Iqtisod
Havola olish
530 0 0

Tomonlar juda qisqa muddat ichida umumiy qiymati 186 million dollardan ortiq boʻlgan bir necha bitimlarni tayyorlashga va imzolashga erishgan

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. 2018 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonda 15 loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda YETTB prezidenti bankning Londondagi shtab-kvartirasida Oʻzbekiston vakillari bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

"Jahon" AAning xabar berishicha, Chakrabarti tomonlar juda qisqa muddat ichida umumiy qiymati 186 million dollardan ortiq boʻlgan bir necha bitimlarni tayyorlashga va imzolashga erishganligini taʼkidladi.

Bank rahbari YETTB Oʻzbekistonga nafaqat ustuvor loyihalarni amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mablagʻ ajratish yoʻli bilan, balki iqtisodiy islohotlarni samarali olib borishda hamkorlik qilish orqali ham koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

Asosiy mavzular