O‘zbekiston va Eron yuklarni tranzit orqali tashishni muhokama qilmoqda

© Sputnik / StringerFlag Irana
Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, tomonlar 2018-yilning birinchi yarmida Tehron shahrida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishni tashkillashtirish masalasida kelishib oldilar

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Joriy yilning 21-dekabr kuni Tashqi savdo vazirligida Eron Islom Respublikasi sanoat, konlar va savdo vaziri o‘rinbosari Modjtab Xosrovtadj bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot-xizmati

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Eron 25 million dollarlikdan ortiq bitimlar imzoladi
Uchrashuv chog‘ida ikki yoqlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari ushbu sohada normativ-huquqiy asosni mustahkam asosini mustahkamlash shuningdek, transport va yuklarni tranzit orqali tashish borasida o‘zaro ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro savdo hajmini oshirish maqsadida tomonlar yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan aktiv dialog olib borish naqadar muhimligi ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, tomonlar 2018-yilning birinchi yarmida Tehron shahrida savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazishni tashkillashtirish masalasida kelishib oldilar.

Yangiliklar lentasi
0