O‘zbekistonda dollar va yevro kursi ko‘tarildi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy banki 26-dekabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 26-dekabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

O‘tgan haftadagi qiymat bilan solishtirganda dollarning kursi 18,45 so‘mga ko‘paydi va 8120,07 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 96,40 so‘mga qimmatlashib, 9624,72 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 1,37 so‘mga qimmatlashib, 139,30 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yangiliklar lentasi
0