21:23 24 Aprel 2018
Efir
Gazovыe ballonы

Oʻzbekistonda suyultirilgan gaz yagona narxda sotiladi

© Sputnik / Yakov Glinskiy
Iqtisod
Havola olish
159706

Vazirlar Mahkamasining yangi qaroriga binoan, aholiga gaz ballonlarida yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz narxi avgust oyidan boshlab 1 kilogrammiga 800 soʻmdan belgilandi.

TOSHKENT, 5 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 29 dekabrda qabul qilgan 1033-sonli qaroriga binoan, aholiga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gazning chakana narxlari oshiriladi.

Yangi narxlar ikki bosqichda kiritiladi:

2018 yilning 1 apreldan boshlab suyultirilgan gazning chakana narxi Qoraqalpogʻiston va Xorazm uchun 1 kilogrammiga – 720 soʻm, Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlari uchun – 700 soʻm boshqa viloyatlar uchun esa – 500 soʻm miqdorida belgilanadi;   

2018 yilning 1 avgustidan boshlab esa – suyultirilgan gaz barcha viloyatlarda 1 kilogrammiga 800 soʻmdan sotila boshlaydi.

Kelajakda esa suyultirilgan gazning chakana narxi aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxiga mutanosib ravishda oʻzgartirib boriladi.

Ayni damda, aholiga maishiy ehtiyoj uchun yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz turli viloyatlarda 1 kilogramiga 327 soʻmdan 720 soʻmgacha sotilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekistonda aholisi foydalanayotgan suyultirilgan gaz ballonlari soni 3,7 milliondan donadan ortiq. Oʻtgan yilda gaz ballonlariga xizmat koʻrsatish uchun qoʻshimcha 40 ta maxsus servis markazlar tashkil qilingan va maxsus avtomobillar sotib olingan edi.

Asosiy mavzular