21:26 24 Aprel 2018
Efir
Rыnok Abu-Saxiy v Tashkente

“Abu Saxiy” aslida saxiy boʻlmagani maʼlum boʻldi

© UZ24.uz
Iqtisod
Havola olish
274721

“Abu Saxiy” bozori qayta tashkil etilganidan soʻng davlat byudjetiga toʻlanadigan soliqlar miqdori 14 baravar oshdi.

TOSHKENT, 5 yanv – Sputnik. Toshkentning eng katta bozori “Abu Saxiy” faoliyati tugatilib, “Toshkent ipak yoʻli” majmuasi tashkil tashkil qilinganidan soʻng davlat byudjetiga kelib tushadigan soliqlar miqdori keskin oshdi, deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Sobiq Abu Saxiy MCHJda davlat byudjetiga bir oyda 5 milliard soʻm tushgan. Ushbu bozor Toshkent ipak yoʻli majmusiga aylantirilgandan soʻng atigi 15 kunda tushum 35 milliard soʻmga yetgan”, — deyilgan Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi rasmiy sahifasida.

Xabarda keltirilgan 15 kunlik soliq miqdori bir oyda 70 mlrd soʻm boʻlishi mumkin. Bu “Abu Saxiyga” nisbatan 14 baravar koʻp soliq toʻlanmoqda degani.

Ushbu xabar ostida qoldirilgan izohlarga qaragandan, koʻpchillik yuqoridagi raqamlarni koʻrib hayratdan yoqa ushlagan.

 

Asosiy mavzular