21:24 24 Aprel 2018
Efir
Uzbekskiye denejnыe znaki - sum

Oʻzbekistonda 2017 yilda inflyatsiya 14,4 %ni tashkil qildi

© Flickr / Patrick Barry
Iqtisod
Havola olish
233 0 0

Oʻtgan yilda, oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻrtacha 15,9 %ga oshib, umumiy inflyatsiya miqdoriga eng katta bosim koʻrsatgan omil boʻlgan.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonda 2017 yilda isteʼmol narxlari indeksi (inflyatsiya) 14,4 %ni tashkil qildi deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.

Isteʼmol narxlari indeksini hisoblashda aholi eng koʻp foydalanadigan 350 turdagi tovar va xizmatlar narxlarining oʻsishi hisobga olindi. Ular uch yirik guruhga boʻlingan: oziq-ovqat mahsulotlari (96ta), nooziq-ovqat tovarlari (188 ta) va xizmatlar (66ta).  

2017 yilda Respublika isteʼmol sektorida inflyatsiya darajasi 14,4 % ni tashkil etdi. Alohida guruhlar boʻyicha olganda:  oziq-ovqat mahsulotlari narxi — 15,9 %ga, nooziq-ovqat tovarlari — 16,1 %ga, xizmatlar — 8,6 %ga oʻsdi.

Narxi eng koʻp oshgan oziq-ovqatlar roʻyxatidan loviya (42,4 %), tuxum (36,1%), mol goʻshti (35,9 %), noʻxat (33,2%), parranda goʻshti (33,1 %), qoʻy goʻshti (31,4 %), shakar (28,8 %), margarin (21,3 %), sut (20,6 %), sariyogʻ (19,9 %), tvorog (18,5 %), qahva va choy (17,0 %), guruch (16,2 %), oʻsimlik moyi (15,3 %), pishloq (15,1 %), qandolat mahsulotlari (14,0 %), bugʻdoy uni (10,4 %) oʻrin olgan.

Kiyim-kechak, poyabzal, gazlama va maishiy toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish molllari, madaniy mahsulotlar, shaxsiy gigiena mahsulotlari, shaxsiy transport va benzin kabi nooziq-ovqat  mahsulotlarida narxlarining oshishi jami oʻrtacha — 27,4 %ga teng boʻldi.

Aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar boʻyicha isteʼmol narxlari indeksi yil davomida oʻrtacha 8,6 %ga oshdi. Eng koʻp narx oshishi aloqa xizmatlari tariflarida (23,9 %), yuridik va bank xizmatlari (15,0 %), maishiy xizmatlar (8,3 %), uy-joy kommunal xizmatlari (7,1 %), yoʻlovchi tashish transport xizmatlari (6,9 %)da kuzatildi.

Ekspertlar fikriga koʻra 2018 yilda 2018 yilda respublikada inflyatsiya 14,3 %ni tashkil qilishi kutilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki 2018 yilda inflyatsiya darajasini 11,5 — 13,5 % oraligʼida boʻlishini taxmin qilmoqda.

Asosiy mavzular