21:25 24 Aprel 2018
Efir
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana

Markaziy bank ayrim aktivlaridan voz kechadi

REUTERS / Mukhammadsharif Mamatkulov
Iqtisod
Havola olish
318 0 0

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki va "Mikrokreditbank" aktsiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi Markaziy bank ulushi Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki oʻzining ikkita tijorat banki ustav kapitalidagi ulushini Moliya vazirligiga beradi,deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki va "Mikrokreditbank" aktsiyadorlik tijorat banki ustav kapitalidagi Markaziy bank ulushi Moliya vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul beriladi.

Bundan tashqari, Markaziy bank xodimlarini tijorat banklari, xoʻjalik boshqaruv organlari va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kiritilishi taqiqlandi.

Bugungi kunda Markaziy bank Xalq bankining 49% aktsiyasiga egalik qiladi, qolgan 51%i esa Moliya vazirligiga tegishli.

Xalq banki Oʻzbekiston bank tizimidagi eng yirik boʻgʻinlardan biri. Uning asosiy vazifalardan biri fuqarolarni oʻz vaqtida pensiya bilan taʼminlashdir.

"Mikrokreditbank" esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼyektlari, fermer va dehqon xoʻjaliklariga kredit ajratish bilan shugʻullanadi.

Asosiy mavzular