03:59 17 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan

GM Uzbekistan oʻtgan yili 135 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi

© Novosti Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
36020

Eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil Nexia - 34 mingdan ortiq, eng ozi esa Orlando - 388 dona

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 2017 yilda GM Uzbekistan qoʻshma korxonasida yengil avtomobillar ishlab chiqarish 2016 yildagiga nisbatan 58,1 foizga oshdi va 135,471 ming donani tashkil etdi, deb maʼlum qildi respublika Statistika qoʻmitasi.

Xususan, Nexia avtomobillarini ishlab chiqarish hajmi 34,544 ming dona (+7,4%), Cobalt — 18,014 ming dona (+4,6 marta), Matiz — 13,002 ming dona (+ 4,4 marta), Spark — 22,36 ming dona (+26,1%), Gentra — 19,164 ming dona (+ 2 marta), Damas — 22,496 ming dona (+33,8%), Captiva — 4,54 ming dona (+2,1 marta), Malibu — 963 dona (+4,5 marta), Orlando – 388 dona (+15,5%)ni tashkil etdi, deb yozadi RIA Novosti.

Hozirda GM Uzbekistan yiliga 250 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, korxonada 9 rusumdagi avtomobil ishlab chiqariladi.

Asosiy mavzular