12:38 20 Fevral 2018
Efir
Dobыcha nefti

2017 yilda Oʻzbekistonda neft ishlab chiqarish 6,3 foizga kamaydi

© Sputnik/ Boris Babanov
Iqtisod
Havola olish
29210

Respublikada chaqiq tosh, shagʻal, koʻmir va tabiiy gaz qazib olish koʻpaygan

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. 2017 yilda Oʻzbekistonda neft qazib olish 6,3 %ga, 806 ming tonnagacha kamaydi. Tabiiy gaz 0,5 %ga 56,42 milliard kubamertga koʻpaydi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar qildi.

"Togʻ-qon sanoatida chaqiq tosh qazib olish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 39,1 %ga, shagʻal — 22,2 %ga, koʻmir — 4,4 %ga hamda tabiiy gaz — 0,5 %ga koʻpaygan. Shu oʻrinda neft ishlab chiqarish 6,3 %ga kamayganligini kuzatish mumkin", — deyilgan xabarda.

Respublikadagi 3 ta neftni qayta ishlash zavodi bugungi kunda quvvatni 10 million tonnani tashkil qiladi. Ularning ishlab chiqarish quvvati atigi 60 %ni tashkil qiladi. Ularni taʼminlash uchun Oʻzbekistoni neftni Rossiya va Qozogʻistondan olib kelishni rejalashtirmoqda.

Undan avval Oʻzbekiston Markaziy banki qoʻshni Qozogʻistonda yangi neft konlarini ishga tushirilishi 2018 yilda iqtisodiy koʻrsatkichlarni usish omillardan biri boʻlishi kerakligini maʼlum qilgandi.

Asosiy mavzular