O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari chet ellik investorlarga qanday va’da berdi?

© Sputnik / /Ramiz BaxtiyarovZamestitel premyer-ministra Uzbekistana Suxrob Xolmuradov
Zamestitel premyer-ministra Uzbekistana Suxrob Xolmuradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Orqaga yo‘l yo‘q. O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, O‘zbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", - dedi Bosh vazir o‘rinbosari

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. 2017 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2,4 mlrd dollardan ziyodroqni tashkil etdi, deb ta’kidladi juma kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suxrob Xolmurodov.

Zamestitel premyer-ministra Uzbekistana Suxrob Xolmuradov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda monopoliyaga qachon barham beriladi - Bosh vazir o‘rinbosari javobi
"2017 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 1,4 barobarga o‘sib, 2,4 mlrd dollardan oshdi. Bunda umumiy investitsiya hajmida xorijiy investitsiyalarning ulushi o‘tgan yildagi 15,3 foiz o‘rniga 20,4 foizni tashkil etdi", — dedi Xolmurodov.

U shuningdek, har yilgidek investitsion dasturlarni qabul qilishdek eskirgan amaliyotdan voz kechilganini aytdi.

Xolmurodovga ko‘ra, endilikda 10-15 yilga mo‘ljallangan davlat dasturlari ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasi tuzilishi, u turli manbalar, jumladan chet el investitsiyalari va kreditlaridan mablag‘ to‘plashi ma’lum qilindi.

"O‘zbekistonning kelajagini chet el investitsiyalarisiz tasavvur qilish qiyin, va biz buni hozir yaxshi anglaymiz. Agar biz chet ellik sarmoyadorlar ishonch bildiradigan investitsiya muhitni yuzaga keltirmas ekanmiz, bularning barchasi befoyda.

Orqaga yo‘l yo‘q. O‘zbekistonning investitsiyaviy muhiti faqat takomillashtiriladi va tegishli qonunchilikning barchasi shu tarzda qabul qilinadiki, O‘zbekistonda investordan hech kim hayotda hech narsani tortib olmaydi, bu endi mumkin emas", — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Yangiliklar lentasi
0