02:39 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Oʻzbekistonda yirik qiymatdagi kupyuralar muomalaga chiqariladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
627172

Markaziy bank tomonidan kichik qiymatdagi kupyuralarni yangi shakldagi 50, 100, 500 soʻmlik tangalarga bosqichma-bosqich almashtirish hamda 200 soʻmlik tangalarni chiqarish rejalashtirilgan

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston Markaziy banki tomonidan yirik qiymatdagi kupyuralarni muomalaga chiqarish masalasi koʻrib chiqilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Bu chora Markaziy bankning 2018 yil uchun rejasida belgilangan.

"Naqd pul muomalasini yanada takomillashtirish vazifasi doirasida banknotalar tuzilmasini optimizatsiya qilish ishlarini davom ettirish koʻzda tutilgan. Milliy valyutadan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yirik qiymatdagi kupyuralarni muomalaga chiqarish koʻzda tutilgan", — deyilgan Markaziy bank xabarida.

Markaziy bank tomonidan kichik qiymatdagi kupyuralarni yangi shakldagi 50, 100, 500 soʻmlik tangalarga bosqichma-bosqich almashtirish hamda 200 soʻmlik tangalarni chiqarish rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank boshqaruvining tegishli qaroriga asosan 50 ming soʻmlik banknotlar shu yilning 22 avgustidan muomalaga chiqarilgandi.

MBning maʼlumotlariga qaraganda, milliy valyutaning 50 ming soʻm qiymatdagi banknotini muomalaga kiritish respublikada soʻnggi yillarda oʻrtacha ish haqi miqdorining oshib borishi hamda aholiga ish haqi, pensiya va nafaqalarni toʻlashda, shuningdek naqd puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular