08:28 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
302 0 0

Yangi tizim mahsulotning ishlab chiqaruvchidan doʻkon rastasigacha olib kelish tizimini nazorat qiladi va soxta mahsulot miqdorini kamaytiradi.

TOSHKENT, 24 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini bosqichma-bosqich markirovka qilishning yagona tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan, deb xa bar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Hukumat tomonidan ishlab chiqarilgan yangi qaror loyihasida, mahsulotni ishlab chiqaruvchidan savdo rastasigacha boʻlgan yoʻlini nazorat qilish imkonini beradi va soxta mahsulot hajmini kamaytiradi.

Markirovka qilinishi shart boʻlgan mahsulotlar roʻyxatiga sut, qaymoq, yogurt, kefir, kofe choy, tayyor, goʻsht, baliq va boshqa dengiz mavjudotlaridan tayyorlangan yarim tayyor va konserva mahsulotlari, osetr ikrasi,  qayta ishlangan meva va sabzavot mahsluotlari, yongʻoqlar, zaytun, kungaboqar yogʻlari, alkogol ichimliklar va boshqa bir qator oziq-ovqatlar kiritilgan.

Undan tashqari ushbu markirovka tizimi farmatsevtika sanoati mahsulotlari va tamaki mahsulotlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

Markirovka qilinishi shart boʻlgan mahsulotlar 2018 yilning birinchi oktyabriga qadar ishlab chiqarigan yoki import qilingan taqdirda, 2019 yilning 1 apreliga qadar sotishga ruxsat beriladi.

Qonun loyihasida aytilishiga koʻra, ushbu mahsulotlar roʻyxati bosqichma bosqich kengaytirib boriladi. Kelajakda ushbu rщyxatga kiritiladigan mahsulotlar, kiritilgan kunidan 180 kun davomida markirovkasiz sotilishi mumkin boʻladi.

Belgilangan tartibda markirovka qilish ishlab chiqaruvchilar va importyorlar zimmasiga yuklanadi. Davlat tomonidan ushbu qaror nazorati Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat Soliq inspektsiyasi zimmasiga yuklanadi.

Yangi markirovka tizimi 2018 yilning oxiriga qadar kiritilishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular