O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 152-o‘rinda joylashdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishReyting stran
Reyting stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 166-o‘rinda joylashgandi

TOShKENT, 3 fev – Sputnik. AQShning The Heritage Foundation tadqiqot markazi erkin iqtisodiyotga ega davlatlar reytingini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 51,5 ball bilan 152-o‘rindan joy oldi.

O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 166-o‘rinda (46 ball) joylashgandi.

Doing Business reytingida O‘zbekiston yuqoriga ko‘tarildi

Sobiq ittifoq davlatlari reytingda quyidagi o‘rinlarda joylashdi: Estoniya (7), Gruziya (16), Litva (19), Latviya (28), Qozog‘iston (41), Armaniston 44), Ozarbayjon (67), Qirg‘iziston (78), Moldova (105), Tojikiston (106), Rossiya (107), Ukraina (150), Turkmaniston (169).

Reytingning birinchi pog‘onasidan qatorasiga 24-marta Gonkong joy oldi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi 1995-yildan buyon Wall Street Journal va Heritage Foundation tadqiqot markazi tomonidan e’lon qilib kelinadi. Heritage Foundation ekspertlari iqtisodiy erkinlikni "hukumatning tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, tarqatish hamda iste’mol qilish ishlariga aralashmasligi yoki to‘sqinlik qilmasligi, fuqarolar muhofazasi va erkinligini ta’minlash bundan mustasno" deya ta’riflashadi.

Iqtisodiy erkinlik indeksi ko‘rsatkichlari biznes, soliq, savdo, pul, investitsiya, moliya, mehnat munosabatlari erkinligi, mulk huquqining himoyalanganligi va hukumat aralashuvidan hamda korrupsiyadan xoli bo‘lish mezonlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Ushbu indeks bo‘yicha mamlakatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: erkin —80−100 ball, asosan erkin —70−79,9 ball, o‘rtacha erkin —60−69,9 ball, asosan erkin bo‘lmagan —50−59,9 ball va bosim ostidagi iqtisodiyot —0−49,9 ball.

Yangiliklar lentasi
0