O‘zbekiston va Koreya investitsion hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi

© UznewsUzbekistan - Koreya biznes dialog
Uzbekistan - Koreya biznes dialog - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu uchrashuv koreyalik potensial sarmoyadorlar bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatish masadida tashkil qilingan.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik.  Kecha 12-fevral kuni Toshkentdagi "International Hotel" mehmonxonasida O‘zbekiston — Koreya biznes-dialogi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik mubiri.

Vitse premyer-ministr Yujnoy Korei posetit Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga Koreya Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari keladi

Uchrashuvda ikki davlatdan vazirliklar rahbarlari, ishbilarman davralar vakillari hamda   O‘zbekiston va Koreya elchilari ishtirok etishdi.

Koreya hukumati delegatsiyasi 60 kishidan iborat bo‘lib, ungaga bosh-vazir o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon boshchilik  qildi. Delegatsiya tarkibiga Koreya Tashqi ishlar vazirligi, Savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Koreya ishbilarmon davralari vakillari kirdi.

"Yillik mahsulot ayrboshlash hajmi 1,2 mlrd dollarga yetdi. Shu bilan bir vaqtda bizda ushbu ko‘rsatgichlarni sezilarli darajada oshirish imkoni ham bor", — dedi bosh vazir o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov.

Xolmuradov aytishiga qaraganda bugungi kunda O‘zbekistonda koreyalik kompaniyalarning 70ta vakolatxonasi bor. Iqtisodning barcha sohalarida 440 ta koreya sarmoyalari ishtirokida yaratilgan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni damda O‘zbekiston iqtisodiga kiritilgan Koreya investitsiyalari hajmi 5 milliard dollardan oshgan.

Ploshad Jandarmenmarkt v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya O‘zbekiston bozoriga investitsiya kiritishga tayyor

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Azim Axmedxodjayev O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishiningustuvor yo‘nalishlari haqida hamda mamlakatda olib borilayotgan investitsion siyosat haqida so‘zlab berdi.

Axmadxodjayev o‘z nutqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalarni jalb qilish mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishi etib belgilanganini va ushbu maqsadda O‘zbekistonda biznes-iqlim yaxshilanayotganini, iqtisod o‘sish tezligi oshib borayotganini va aynan hozir O‘zekistonga sarmoya kiritish uchun qulay vaqt ekanini aytib o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0