Toshkentda Koreya ishtirokida yangi to‘qimachilik texnoparki ishga tushadi

© Saurer SchlafhorstKolsepradilnaya mashina nemeskoy firmi Saurer Schlafhorst
Kolsepradilnaya mashina nemeskoy firmi Saurer Schlafhorst - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Texnoparkning asosiy vazifasi – O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarida Koreyaning eng so‘nggi innovatsiyalarini joriy etishdan iborat bo‘ladi.

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya ushbu yilning sentabr oyida Toshkentda zamonaviy to‘qimachilik texnoparki ishga tushirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida seshanba kuni bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Koreya iqtisodiy hamkorlik muzokaralarida  Davlat investitsiyalar qo‘mitasi raisi Azim Axmadxo‘jayev xabar qildi.

Yangi texnopark Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hududida joylashgan bo‘ladi. Loyiha qiymati 15 million dollar bo‘lib, u Janubiy Koreya hukumati tomonidan ajratilgan grant mablag‘lar evaziga moliyalashtiriladi. Ushbu mablag‘ asbob-uskuna sotib olish va ishchilarni o‘qitishga sarflanadi.

Texnoparkning asosiy vazifasi – O‘zbekiston yengil sanoati korxonalarida Koreyaning eng so‘nggi innovatsiyalarini joriy etishdan iborat bo‘ladi. Undan tashqari texnoparkda materiallarni o‘rganish, bo‘yash, kiyim-kechak dizayni va muqobil energiya manbaalarini o‘rganish joyriy etiladi.

Texnopark tarkibida umumiy maydoni 10 ming kvadrat metr bo‘lgan, quyosh batareyalari bilan jihozlangan uch va besh qavatli ma’muriy binolar quriladi.  Undan  tashqari hududning 4 ming kvadrat metri o‘quv sinflari, ko‘rgazma zallari, laboratoriya va ofislar qurilishi uchun ajratiladi.

Texnopark laboratioriyasi to‘qimachilik, bo‘yoqchilik va tikuvchilik sohasidagi eng zamonaviy uskunalar namunalari bilan jihozlangan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0