14:56 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Kak delayut avtomobili GM Uzbekistan

Shu yil yanvar oyida mashina va uskunalarni eksporti 3 baravarga koʻpaydi

© Novosti Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
36020

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirgʻiziston Oʻzbekistonning tashqi savdo boʻyicha sherik davlatlar hisoblanadi, ular bilan tashqi savdo aylanuvi 41,4% ni tashkil qiladi

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Oʻzbekiston shu yil yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,8 milliard (eksport — 0,7 milliard dollar, import — 1,1 milliard dollar) tashkil qildi. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga asosan.

Tashqi savdoning saldosi minus 433,9 million dollar boʻldi, ular ichida MDH davlatlari minus 161,9 million dollar, boshqa davlatlar bilan minus 272 million dollar.

Taʼkidlab oʻtish kerakki, soʻngi yillar davomida Oʻzbekiston eksport tarkibi oʻzgarib, tovarlar va xizmatlarning barcha guruhlar boʻyicha koʻrsatkichlar koʻpayishi kuzatilmoqda.

Eksport tarkibining asosiy ulushi xizmatlar 34,1 % ni tashkil qilmoqda. Ulardan asosan neft mahsulotlari va energiya — 24,2 %, transport xizmatlari — 16,1 %, kimyo mahsulotlar — 8,2 %, oziq-ovqat mahsulotlar — 7,2 %, qora va rangli metallar — 4,8 %.

Mashina va uskunalarni eksporti oʻtgan yil koʻrsatkichiga nisbatan 3 baravarga koʻpaydi. Eksport asosan transformatorlar va akkumulyatorlar (46,7%) va qozon, uskuna, mexanik qurilmalar va ularning qismlarini (9,1%) eksport qilish hisobiga koʻpaydi.

Oziq-ovqat mahsulotlarni eksport qilish 40,8 %ga koʻpaydi. Ular asosan bugʻdoy — 6,8 baravar, meva sabzavotlar — 28,8 %ga ortdi. Energiya va neft mahsulotlarni eksporti 2,3 baravarga koʻpaydi. Tabiiy gaz eksporti 3,3 baravarga koʻpaydi.

Importning asosiy ulushi mashina va uskunalar (35,4 %) hamda kimyo mahsulotlar (14,8 %) hisobiga toʻgʻri keldi.

MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Ukraina, Tojikiston va Qirgʻiziston Oʻzbekistonning tashqi savdo boʻyicha sherik davlatlar hisoblanadi, ular bilan tashqi savdo aylanuvi 41,4% ni tashkil qiladi.

Asosiy mavzular