"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" innovatsion markaz tashkil etish niyatida

© Sputnik / Sergey PatakovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda "Gazprom" korxonalarida "O‘zbekneftegaz" tarkibiga kiruvchi korxonalarning 50dan ortiq xodimlari malaka oshirdi

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Kuni kecha "O‘zbekneftegaz" AJ va "Gazprom" OAJ o‘rtasidagi qo‘shma koordinatsion qo‘mitaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchastok magistralnogo gazoprovoda - Sputnik O‘zbekiston
"Gazprom" 2018-2021 yillarda Surxondaryoda zavod quradi

Unda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, "O‘zbekneftegaz" AJ boshqaruvi raisi Alisher Sultonov va "Gazprom" OAJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov ishtirok etdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar natijalarini muhokama qildi hamda ishchi guruhlarning hisobotlari tinglandi.

Qayd etilishicha, "Gazprom" geologo-geofizik materiallarni istiqbolli investitsiya bloki sifatida faol o‘rganishni boshladi.

Bundan tashqari, injiniring-innovatsion markaz konsepsiyasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, 2017-yilda "Gazprom" korxonalarida "O‘zbekneftegaz" tarkibiga kiruvchi korxonalarning 50dan ortiq xodimlari malaka oshirdi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra ishchi guruhlarning kelgusi maqsadlari belgilab olindi va o‘zaro hamkorlik rejalari tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0