Germaniya O‘zbekistonda avtoyo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishPunkt kontrolya na platnoy avtodoroge
Punkt kontrolya na platnoy avtodoroge - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nemis kompaniyasi Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda sement-beton va asfalt-beton qoplamali avtomagistral yo‘llar qurish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirgan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Germaniyaning GP Papenburg AG kompaniyasi O‘zbekistonda pullik avtoyo‘llar qurish bilan shug‘ullanishi mumkin, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Priobreteni bolee 100 yedinis novoy dorojnoy texniki - Sputnik O‘zbekiston
Yo‘l qurilishi va ta’miri uchun yuzdan ziyod yangi yo‘l texnikalari xarid qilindi

Ma’lum qilinishicha, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida qo‘mita raisi A.Abduvaliyev hamda nemis kompaniyasi boshqaruvi raisi Gunter Papenburg o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar GP Papenburg AG kompaniyasining O‘zbekiston avtomobil yo‘llari qurilishida davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida ishtiroki imkoniyatlarini muhokama qildi.

Nemis kompaniyasi MDH davlatlarida ish olib borish bo‘yicha yetarlicha tajribaga ega. Keyingi bir necha yil davomida kompaniya Ozarbayjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda sement-beton va asfalt-beton qoplamali avtomagistral yo‘llar qurish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirgan.

Uchrashuvda shuningdek, "Teltomat" asfalt qorishtiruv zavodlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash hamda asfalt-beton qoplamalarni regeneratsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Germaniya kompaniyasi rahbari uning korxonasi "Teltomat" zavodlarini modernizatsiya qilishga ixtisoslashgan maxsus dasturlarga ega ekanligini hamda asfalt qorishtiruvchi zavod majmualarini yig‘ish bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassislarni Germaniyada qayta o‘qitishga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0