Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiga sarmoyalari 8,5 milliard dollardan oshdi

© Pixabay / AlexanderSteinInvestitsii v biznes
Investitsii v biznes - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga asosan metall, yog‘och, qog‘oz, asbob-uskunalar va oziq-ovqatlar olib kelingan. O‘zbekiston esa Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari, poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib bergan.

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Bugungi kunda Rossiyaning O‘zbekiston iqtisodiga sarmoyalari 8,5 milliard  dollardan oshdi,  deb xabar qildi Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Leonid Pokrovskiy.

“O‘zbekistonga kiritilgan sarmoyalarning umumiy miqdori 8,5 milliard dollardan oshdi”, — dedi Pokrovskiy.

 

Undan tashqari O‘zbekiston tovar ayrboshlash bo‘yicha Rossiyaning MDHdagi savdo hamkorlari orasida to‘rtinchi o‘rinda. Xususan, ushbu yilning yanvar-fevral oylarida o‘zaro savdo miqdori 50%ga oshib 600 million dollardan oshdi. Rossiya eksporti salkam 60 %ga importi esa 28 %ga oshdi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yil oxiriga qadar Rossiya korxonalari soni mingdan oshadi

Pokrovskiy aytishiga qaraganda, o‘zaro savdo-sotiq hajmi oshishiga O‘zbekiston qonunchiligining valyuta, bojxona, soliq sohalaridagi liberallashtiruv hamda o‘zaro savdo-sotiqning hududlar orasida optimallashtiruvi sabab bo‘lgan.

2017 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga asosan metall, yog‘och, qog‘oz, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, mineral mahsulotlar va oziq-ovqatlar olib kelingan. O‘zbekiston esa Rossiyaga to‘qimachilik mahsulotlari, poyabzal, asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari, metallar va ulardan yasalgan mahsulotlar yetkazib bergan.   

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 25-27 aprel kunlari birinchi yirik Rossiya savdo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga olib chiqish istagida bo‘lgan 150dan ortiq Rossiya korxonalari ishtirok etadi. Ko‘rgazma tashkilotchilari OAO "Zarubej-Ekspo" va O‘zbekiston Savdo sanoat palatasidir.

 

Yangiliklar lentasi
0