15:07 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Urojay chereshni i vishni

Oʻzbekistonda gilos uchun eng past eksport narxi belgilandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Iqtisod
Havola olish
135520

Mutaxassislar fikriga koʻra, eksport qilinayotgan gilosning eng kam narxi 4 $ boʻlishi kerak, oʻshanda u jahon bozori narxlariga biroz yaqinlashadi.

TOSHKENT, 14 may — Sputnik. Oʻzbekistonlik eksportchi kompaniyalar gilosning eksport narxi boʻyicha yagona xulosaga kelishdi, deb xabar qilmoqda "zbekozikovqatxolding" matbuot xizmati.

“Birgalikda olib olib borilgan sinchikov izlanishlar natijasida barcha tomon bir fikrga keldi – bu yil Oʻzbekistondan eksport qilinadigan gilosning eng kam narxi — kilogrammiga 4 $ boʻlishi kerak. Ushbu narx bizga yaqin joylashgan bozorlar uchun amal qiladi va MDH bozorlarida oldingi yillarda paydo boʻlgan sotuv tizimini saqlab qolish imkonini beradi”, — deyilgan xabarda.  

Ekspertlar fikriga koʻra, ushbu narx oʻzbek gilosi narxini dunyo bozori narxlariga yaqinlashtiradi. Oʻzbekistonda yetishtirilgan mevalarning sifati va ekologik tozaligi xorijiy xaridorlarda shubha uygʻotmaydi.

Oʻzbekistonlik eksportchilarning asosiy maqsadi – barcha eksporterlar uchun  barqaror natijaga erishish va logistika tarmogʻini tezkor muvofiqlashtirib turishdir.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda Oʻzbekiston gilos eksporti boʻyicha dunyoda beshinchi oʻrinni egallab turibdi. Eksport hajmi – yiliga 100 ming tonna. Shuningdek, Respublika boshqa hoʻl mevalar eksportida ham yetakchilik qilmoqda. Xususan oʻrik eksporti boʻyicha – toʻrtinchi oʻrinni, olxoʻri eksporti boʻyicha – yettinchi uzum va shaftoli eksporti boʻyicha – oʻninchi oʻrinni egallab kelmoqda.

Asosiy mavzular