15:06 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Gruzino-uzbekskiy biznes-forum v Tbilisi

Gruziya va Oʻzbekiston tadbirkorlari nimalarni muhokama qilishdi

© Facebook / Georgian Chamber of Commerce and Industry
Iqtisod
Havola olish
129 0 0

Biznes-forumda avtomobilsozlik, yengil sanoat, farmatsevtika, alkogolli ichimliklar, elektrotexnika va qurilish materiallari sohalari vakillari qatnashishdi.

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Tbilisida boʻlib oʻtgan birinchi gruzin-oʻzbek biznes-forumida Oʻzbekistondagi 12 yirik kompaniya, oʻnlab gruzin kompaniyalari hamda ikki mamlakat savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirok etdi, deb yozadi Sputnik Gruziya.

"Biz Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlik toʻgʻrisida kelishuv imzoladik. Bu ikki mamlakat xususiy sektorlari oʻrtasida munosabatlar oʻrnatish va rivojlantirish uchun ilk qadam deb oʻylayman", — dedi Gruziya savdo-sanoat palatasi prezidenti Nino Chikovani "Novosti-Gruziya" AAga bergan intervyusida.

Biznes-forumda avtomobilsozlik, yengil sanoat, farmatsevtika, alkogolli ichimliklar, elektrotexnika va qurilish materiallari sohalari vakillari qatnashishdi. Oʻzbekistonlik mehmonlar orasida milliy avia va temir yoʻl kompaniyalari vakillari ham bor edi.

"Biz turizm, vinochilik sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz. Bu yoʻnalishlarga qiziqish yuqori. Bundan tashqari, maishiy elektronika boʻyicha ham hamkorlik rivojlanmoqda", — dedi Oʻzbekiston investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shamil Burnashev.

Birinchi gruzin-oʻzbek biznes-forumi Gruziya Savdo-sanoat palatasi va Gruzin-oʻzbek biznes-assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Asosiy mavzular